O'zMU » Ma'lumotlar » Madaniyat saroyi

Madaniyat saroyi 1976- yilda qurilgan. Unda 1000 o`rinli katta zal, 100 o`rinli kichik zal va 100 o`rinli oshxona faoliyat ko`rsatadi. Madaniyat saroyida 11 to`garak bo`lib, unda malakali o`qituvchilar va 2 nafar O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist mashg`ulot olib boradi, to`garaklarda 500ga yaqin talabalar shug`ullanadi. Madaniyat saroyida maqomchilar ansambli va zamonaviy estrada ansambli tashkil etilgan bo`lib, universitet miqiyosida bo`lib o`tadigan bayram tadbirlarida doimiy ravishda xizmat qiladi. Ular Respublika oliy o`quv yurtlari o`rtasida bo`lib o`tadigan ko`rik tanlov va festivallarda qatnashib, sovrinli o`rinlarni egallab kelishmoqda.

 

 

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universteti Madaniyat saroyining N I Z O M I

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida talabalarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasining u`zviyligini ta`minlash, darsdan, auditoriyadan bo`sh vaqtlarini sermazmun va samarali o`tkazish, o`z qiziqishlarini, orzu-istaklarini hamda iqtidorlarini namoyon etish va ularga imkon yaratish maqsadida faoliyat olib boradi.

 

Umumiy qoidalar 

Madaniyat saroyi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti tassarufida faoliyat ko`rsatadi va universitetda belgilangan ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasiga asosan ish olib boradi.

Madaniyat saroyi professor-o`qituvchilar, talabalar hamda xodimlar orasida ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarga doir madaniy tadbirlarni o`tkazilishiga ko`mak beradi va tashkil qiladi.

Madaniyat saroyi turli badiiy xavaskorlik to`garaklari, teatr-studiyalari, san`atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, kontsertlar va kinofilmlarni namoyish etish hamda universitet raxbariyati bilan kelishgan xolda mustaqil ish olib boradi.

Madaniyat saroyi o`z Nizomi asosida ish olib boradi.

Madaniyat saroyi universitetning barcha fakultetlari va jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda faoliyat yuritadi.

 

Asosiy vazifalar

Professor-o`qituvchi, talabalar va xodimlarni mustaqil Respublikamiz va jaxon madaniyati boyliklarini har tomonlama chuqur o`rganishda ko`maklashish, elimizni, yurtni, millatni sevish ruxida tarbiyalash, ma`naviy-madaniy bilimlarni oshirish va talabalarning Vatan oldidagi burch, vazifa va mas`ullik tuyg`usini shakllantirish.

Talabalarni ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarga jalb qilish, Madaniyat saroyi zallarida ijodiy kechalar, kontsertlar, ko`rgazmalar, spektakllar, badiiy filmlar namoyishlarini qonun doirasida tashkil etish.

Yoshlarni ma`naviy axloqiy bilim saviyasini o`stirish, ularni milliy va jaxon adabiyoti yutuqlari bilan tanishtirish, ulug`vor o`tmish madaniyatimizni tiklash, rivojlantirish.

Respublikamiz miqyosida turli - tuman anjumanlar o`tkazish, universitet jamoat tashkilotlari va fakultetlari bilan xamkorlikda xalqaro anjumanlar, simpoziumlar, ko`rgazmalar tashkil etish.

Madaniyat saroyi universitet xayoti bilan bog`liq ko`ngilochar tadbirlar o`tkazish, o`quv jarayonidan keyingi vaqtlarida ko`ngilli xordiq chiqarishlari uchun sharoitlar yaratish, turli xil badiiy xavaskorlik to`garaklariga jalb etish.

Universitetda ko`p yillardan buyon faoliyat ko`rsatgan faxriy, nafaqada bo`lgan professor-o`qituvchilarning bayram kunlarida, yubileylarida, to`y-xashamlarida imtiyozli xizmat ko`rsatish.

 

Madaniyat saroyi huquqlari

Madaniyat saroyi o`z faoliyatini ma`naviy-ma`rifiy va madaniy ishlarga qaratadi va amalga oshirilgan ishlar xususida universitet raxbariyatiga doimiy ravishda xisobot berib boradi.

Madaniyat saroyi direktsiyasi o`z ishida universitetning keng jamoatchilik faollariga suyanadi, ularning taklif muloxazalarini inobatga olgan xolda tadbirlar belgilaydi va amalga oshiradi.

Madaniyat saroyi O`zbekiston Respublikasining qonunlariga zid bo`lmagan barcha faoliyatlar bilan shug`ullanadi.

Madaniyat saroyi universitet ma`naviyat va ma`rifat tizimi asosida ish yuritadi va universitetning ma`naviy-ma`rifiy ishlar buyicha 1-prorektoriga bo`ysinadi va unga xisobot berib boradi.

Madaniyat saroyi belgilangan tartibda davlat qarorlarida, qabul qilingan me`yoriy xujjatlarda ko`rsatilgan huquq-imtiyozlardan to`liq foydalanadi.

Madaniyat saroyida mavjud bo`lgan oshxona, katta va kichik zallarni universitet raxbariyati bilan kelishilgan xolda tashkilotlarga vaqtincha (pullik) ijaraga beradi.

Madaniyat saroyi universitet balansida turgan bino, xona va jixozlardan imtiyozli (ijara xaqisiz) foydalanadi.

O`zMU rektorati bilan kelishilgan xolda mustaqil tashkiliy va moliyaviy faoliyat ko`rsatadi.

O`tkaziladigan festivallar, uchrashuvlar, ko`rik-tanlovlarga universitet raxbariyati takliflar kiritadi.