O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilish

 

Talabalarning ta'lim olish jarayonida har tomonlama yetuk, barkamol bo'lib shakllanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratayotgan O'zbekiston Milliy universiteti sport sohasida ham o'zining mustahkam poydevoriga ega.

Universitetda ta'lim berib kelayotgan ustoz - murabbiylarni hech ikkilanmay o'z ishining bilimdoni deyishimiz mumkin. Bu ta'rifga loyiq ustozlar sirasiga bir ovozdan jismoniy tarbiya kafedrasi murabbiylarini kiritishimiz mumkin. Fikrimizning mantiqiy isboti sifatida mazkur kafedrada muntazam faoliyat ko'rsatib kelayotgan turli sektsiyalar, hamda sektsiyalarda ish olib borayotgan murabbiylar xizmatlarini misol qilib keltirish o'rinli.

 

# Sport turi Murabbiy F.I.Sh
1 Basketbol (Erkaklar) A.I. Platunov
2 Basketbol (Ayollar) L.A. Tarasova
3 Badminton I.Yu. Baranov
4 Voleybol (Erkaklar) M.M. Kanishin
5 Voleybol (Ayollar) M.P. Komova
6 Futbol R.S. Yusupov
7 Mini futbol A.I. Ilxombekov
8 Gandbol (Ayollar) L.S. Xalikova
9 Gandbol (Erkaklar) T.E. Nabiyev
10 Yengil atletika (Ayollar) N.V. Blednix
11 Yengil atletika (Erkaklar) G.K. Chernisheva
12 Tennis A.A. Davidova
13 Stol tennisi N.N. Konova
14 Shaxmat V.V. Toropov
15 Kurash Sh.J. Babanov
16 Gimnastika L.A. Burnes
17 Suzish (Erkaklar) G.P. Raenko
18 Og'ir atletika M.A. Ro'zimetov
19 Suzish (Ayollar) M.G. Zavyazochnikova

 

Guvohi bo'lganingizdek, bugungi kunda 19 ta sport sektsiyasi ishlab turibdi. Universitetda ta'lim olayotgan 459 talaba mazkur sektsiyalarga muntazam qatnashib kelmoqda. Shu o'rinda murabbiylar xususida ikki og'iz so'z; Kafedra mudiri T.E. Nabiyev va katta o'qituvchi A.I. Platunov mamlakatimiz miqyosida, Nukus shaxrida o'tkazilgan "Barkamol avlod" musobaqalarining final bosqichida xakamlik qilishdi.

Bundan tashqari, R.S. Yusupov, Sh.J. Baranov, G.K. Chernisheva, V.V. Toropovlar muntazam ravishda tuman, shaxar hamda Respublika miqyosidagi sport musobaqalariga bosh xakam sifatida taklif etiladilar.