O'zMU » Ma'lumotlar » DIQQAT MAQOLALAR TANLOVI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy a o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil           24 fevraldagi 79-sonli buyrug‘i hamda universitet rektorining 2016 yil                       25 fevraldagi 01-128 sonli buyrug‘iga binoan barcha talabalar va magistrlar uchun “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

      Birinchi bosqich – fakultetlarda; 2016 yilning 21-26 aprel kunlari.

      Ikkinchi bosqich – universitetda; Har bir fakultetdan g‘olib talaba ishtirok etadi. 2016 yil may oyining birinchi o‘n kunligida.

      Uchinchi bosqich – Respublika oliy ta’lim muassalari o‘rtasida. Universitet g‘olibi ishtirok etadi. 2016 yil iyun oyi uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Tanlov Nizomi bilan universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (rektorat, 6 qavat, 61 xona)da tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, maqolalar tanlovining universitet bosqichi g`olibi universitet tashkil topgan kun musobati bilan bayram tadbirida diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichida 1-o‘ringa 500000 so‘m, 2-o‘ringa 400000 so‘m, 3-o‘ringa 300000 so‘m pul mukofoti beriladi.    

Shoshiling, o‘z bilim va qobiliyatingizni sinab ko‘ring. 

 

 

Tanlov o‘tkazish JADVALI va NIZOMI