O'zMU » Axborot soatlari » “AXBOROT SOATLARI” № 1-2016 Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealari (29 avgust-3 sentyabrь kunlari) MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “AXBOROT SOATLARI” № 1-2016

“AXBOROT SOATLARI” № 1-2016

Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealari (29 avgust-3 sentyabrь kunlari)

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

“AXBOROT SOATLARI” № 1-2016

Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealari (29 avgust-3 sentyabrь kunlari)

 

TOSHKENT

O‘zMU – 2016

 

Fakulьtet dekanining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va murabbiylar diqqatiga! Talabalarga “Axborot soatlari” materiallari bilan www.nuuz.uz  veb-saytlari orqali ham tanishish tavsiya etilishi maqsadga muvofiqdir.

 

I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR

 

 

MUSTAQILLIK DARSI

 

YAngi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlanadi. Unda talabalarga quyidagi ma’lumotlar berilishi tavsiya etiladi:

– O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 1991 yil 31 avgust kuni e’lon qilingan. 1 sentyabrь – O‘zbekiston mustaqilligi kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi.

– Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan tarixiy damlarda aytgan so‘zlari qalblarimizga muhrlanganini yana bir bora his etamiz:

“…Men shu bugundan e’tiboran birinchi sentyabrni jumhuriyatimizda mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman…”.

– Mustaqillikka erishganimizdayoq Prezidentimiz qat’iy ishonch bilan “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan g‘oyani ilgari surdi.

– Ko‘z o‘ngimizda doimo mustaqil Vatanimiz Madhiyasi, Bayrog‘i, Gerbi, Konstitutsiyasi qabul qilinishi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi peshtoqida yurtimiz bayrog‘ining hilpirab turishi, Prezidentimizning BMT minbaridan nutq so‘zlaganlari har birimizga iftixor tuyg‘usini baxsh etadi.

– Aziz bolalarim, Ollohning nazari tushgan, O‘zbekiston deb atalmish go‘zal va betakror o‘lkada tug‘ilish, uning bag‘rida kamol topish har kimga ham nasib etmaydi,– deb ta’kidladi YUrtboshimiz.– Ana shu haqiqat har biringizning qalbingizdan, yuragingizdan chuqur joy olishini istardim. Vatan sevgisi, Vatanga sadoqat tuyg‘usi sizlarga umrbod yor bo‘lsin.

– 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

– 1990 yilda respublikamizda Navro‘z bayrami qayta tiklangan.

– Ramazon va Qurbon hayitlari bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

– 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topdi.

– Nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

– O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng mustabid tuzum, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan tamomila voz kechib, o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.

– YUrtboshimiz davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida 5 asosiy tamoyilni belgilab berdi. Bu taraqqiyotning “o‘zbek modeli” edi. U quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;

ikkinchidan, o‘tish davrida davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;

uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga etmagan bolalar tashkil etadigan O‘zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonunlarini e’tiborga olib, yaqin o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

– Prezident Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasida mamlakatimizda yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Birinchi ustuvor yo‘nalish “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish”.

Ikkinchi ustuvor yo‘nalish “Sud-huquq tizimini isloh etish”.

Uchinchi ustuvor yo‘nalish “Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash”.

To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish”.

Beshinchi ustuvor yo‘nalish “Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish”.

Oltinchi ustuvor yo‘nalish “Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish”.

– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror Valiy singari bobolarimizning tavallud sanalari keng nishonlandi, ularning merosi o‘rganilmoqda.

– Samarqand, Xiva, Buxoro, SHahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon, Toshkent singari qadim va muazzam shaharlarimizning to‘ylari nishonlandi.

– “Avesto”ning 2700 yilligi, “Alpomish”ning 1000 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi katta bayram qilindi.

– Asaka avtomobil zavodi ishga tushdi – bu erda birinchi o‘zbek engil avtomashinasi ishlab chiqarildi. Avtomobilning bir yo‘la uchta turi – “Damas”, “Neksiya”, “Tiko” liniyalari ishga tushirilgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar 10 dan ortiq turdagi zamonaviy engil mashinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

– Qizilqum fosforit, Buxoro neftni qayta ishlash, Asaka va Samarqand avtomobil, Qo‘ng‘irot soda, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari, Xonjiza polimetall rudalari zavodlari, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi yirik korxonalar bunyod etildi.

– Toshkent-Samarqand, Toshkent-Qarshi yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

– 2016 yil avgust oyidan e’tiboran Toshkent-Buxoro, Toshkent-Andijon yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

– O‘zbekiston dunyoda asosiy paxta etishtiruvchi mamlakatlardan biri. Hozir yurtimizda 66 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.

– 1997 yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi 2004 yili qabul qilingan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 200 ga yaqin bolalar musiqa va san’at maktablarida, 1 ming 556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda.

– 2015 yilda qishloqlarimizda namunaviy loyihalar asosida 12 mingta zamonaviy uy-joylar, qariyb 170 ta infratuzilma ob’ekti, 260 kilometr yo‘l, 285 kilometr elektr, 370 kilometr gaz, 470 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ulug‘vor ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

– 2016 yilda davlat byudjetida ilmu fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport tarmoqlarini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar 2015 yilda o‘zlashtirilgan mablag‘larga nisbatan ancha ko‘proq bo‘lib, davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 59,1 foizini tashkil etadi.

– Barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizda 1 ming 700 dan ziyod zamonaviy sport inshootlarida o‘g‘il-qizlarimiz jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘aymoqdalar. Mamlakatimizda shakllangan, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari yosh sportchilar uchun imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.

– Dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiyot qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 9 barobardan ziyod o‘sdi.

– 2016 yilda iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 7,8 foizga, aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlari 9,5 foizga oshayotgani bizning mustaqillik yillarida qanday ulkan marralarni qo‘lga kiritganimizni ko‘rsatadi.

– 2016 yilda umumiy qiymati 5 milliard 500 million dollar bo‘lgan 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ektida qurilish ishlari yakuniga etkazilib, foydalanishga topshirilmoqda.

– O‘tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‘lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya yo‘naltirildi, uning 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalardir. Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda.

– «MAN» kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etildi, YAponiyaning «Isuzu» kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar, Xorazmda «Damas» va «Orlando» engil avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

– 2016 yilda “Jeneral motors – O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatida “T-250” modelidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash zavodida yillik quvvati 80 ming tonna bo‘lgan oltingugurt granulalari tayyorlaydigan korxonani barpo etish rejalashtirilmoqda. SHuningdek, zamonaviy traktorlar, yangi rusumdagi mobilь telefonlar, planshet kompьyuterlari, noutbuklar, televizor va xolodilьniklar, konditsionerlar hamda boshqa maishiy elektr texnika buyumlari, keng turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqaradigan quvvatlar ham foydalanishga topshirilmoqda.

– Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan va boshqa shaharlarimiz bosh reja asosida qayta qurilmoqda.

– 2016 yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirildi. Nurafshon ko‘chasi Oqtepa maydonigacha 4 kilometr uzaytirildi va Muqimiy ko‘chasiga ulandi. Muqimiy, Usmon Nosir va SHota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida zamonaviy ko‘prik barpo etildi. Ushbu chorrahadan boshlangan berk ko‘chaning ikkinchi tomoni Bobur ko‘chasiga ulandi. SHu tariqa poytaxtimizda yana bir aylanma yo‘l barpo etildi.

– AQSHda faoliyat ko‘rsatayotgan Gellap instituti ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan 2015 yilda «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda tadqiqot o‘tkazilgan. Jahon miqyosida 141 ta mamlakatda so‘rov o‘tkazilib, katta yoshdagi 142 ming shaxsning fikrini o‘rganilgan. So‘rovnomada 3 ta savol o‘rtaga qo‘yilgan. Birinchi savol «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?» degan mazmunda bo‘lgan. Ikkinchi savol: «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi?». Uchinchidan, «Oxirgi o‘n ikki oyda siz va oila a’zolaringizning pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?» degan savollar berilgan. Bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra O‘zbekistonimiz dunyodagi 141 ta davlat orasida 2-o‘rinni egallagan!

– 2016 yil 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

– O‘zbekiston 130 ga yaqin davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan.

– Poytaxtimizda qirqdan ziyod davlatning elchixonasi, ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari ishlab turibdi.

– Mamlakatimiz BMT, MDH, SHHT singari xalqaro tuzilmalar doirasida jahon hamjamiyati va mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. Gerbning rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

(Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burhonov musiqasi)

 

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

YAshnagay to abad ilmu fan, ijod,

SHuhrating porlasin toki bor jahon!

 

Naqorat:

 

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!

Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

 

Naqorat:

 

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Geografik joylashuvi: O‘zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv.km. Respublika chegarasi g‘arbdan sharqqa – 1425 km, shimoldan janubga qadar – 930 km.

CHegaralari: Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog‘iston, sharqda va janubiy-sharqda Qiriziston va Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston, janubda esa Afoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg‘oniston bilan uzunligi – 137 km., Qozog‘iston bilan uzunligi – 2.203 km., Qirg‘iziston bilan uzunligi – 1.099 km., Tojikiston bilan uzunligi – 1.161 km. va Turkmaniston bilan uzunligi – 1.621 km.

Aholisi: 2016 yilning 1 yanvarь holatiga ko‘ra O‘zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kishini tashkil qildi. Ushbu ma’lumot Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi. O‘tgan yil davomida mazkur ko‘rsatkich 553,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. SHahar joylari aholisi yil boshida 15,964 millionga etgan bo‘lsa (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) qishloq joylarida — 15,612 millionni tashkil etdi (49,4 foiz). Tug‘ililishlar soni o‘tgan yilda 735,8 mingni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi. 2015 yilda vafot etganlar soni 152,9 ming nafarni tashkil qildi.

2015 yilning yanvarь-dekabrida FHDYO organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 29,0 ming kishiga (2014 yilda — minus 38,5 ming kishi) teng bo‘ldi.

Milliy bayramlar. 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiya qaramog‘iga o‘tishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi. 1993 yil 29 dekabrda 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni.

21 mart – Navro‘z.

9 may – Xotira va qadrlash kuni. 1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.

1 sentyabrь – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni!

1 oktyabrь – Ustoz va murabbiylar kuni.

8 dekabrь – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Ramazon oyidan so‘ng nishonlanadigan Iyd Al Fitr va Qurbon hayiti – Iyd Al Adha bayramlari milliy bayramlar hisoblanadi.

 

– O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatimizda yillar quyidagicha nomlangan:

1991 — Alisher Navoiy yili

1992 — Hamshiralar yili

1993 — Ahmad YAssaviy yili

1994 — Mirzo Ulug‘bek yili

1995 — Ibn Sino yili

1996 — Amir Temur yili

1997 — Inson manfaatlari yili

1998 — Oila yili

1999 — Ayollar yili

2000 — Sog‘lom avlod yili

2001 — Onalar va bolalar yili

2002 — Qariyalarni qadrlash yili

2003 — Obod mahalla yili

2004 — Mehr-muruvvat yili

2005 — Sihat-salomatlik yili

2006 — Homiylar va shifokorlar yili

2007 — Ijtimoiy himoya yili

2008 — YOshlar yili

2009 — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili

2010 — Barkamol avlod yili

2011 — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili

2012 — Mustahkam oila yili.

2013 — Obod turmush yili.

2014 — Sog‘lom bola yili.

2015 — Keksalarni e’zozlash yili.

2016 — Sog‘lom ona va bola yili.

 

MUKOFOTLAR MUBORAK BO‘LSIN!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini barcha ziyolilari qatori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ham cheksiz quvonch va hayajon bilan kutib oldilar.

Ushbu Farmonga binoan, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Fotonika” kafedrasi professori Valiev Uyg‘un Vohidovich “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni bilan taqdirlangan!

O‘zMU jamoasi professor Valiev Uyg‘un Vohidovichni Vatanimizning ushbu yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etadi.

 

II. JAHON MIQYOSIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR

 

AQSH TADQIQOT MARKAZLARIGA KIBERHUJUM UYUSHTIRILDI

AQSH Demokratlar partiyasining elektron yozishmalariga hujum qilishda ayblangan "Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi" xakerlar Amerikaning bir qator tadqiqot markazlariga hujum qilishdi. Bu haqida Defense One ma’lum qildi.

Crowdstrike kompaniyasining axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Dmitriy Alьperovichning so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiyaga katta e’tibor qaratuvchi tadqiqot markazlari, xususan, Vashingtondagi Xalqaro va strategik tadqiqotlar markazi haqida ketmoqda. Manbaga ko‘ra, xakerlarning hujumidan "beshga yaqin tashkilot va o‘n nafar xodim" zarar ko‘rgan, biroq ma’lumotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘linmagan.

Kompaniya mutaxassislarining ma’lum qilishicha, kiberhujum ortida AQSH Demokratlar partiyasi ma’lumotlar bazasini buzib kirishda ayblangan Cozy Bear guruhi turibdi.

 

BISHKEKDA PORTLASH SODIR BO‘LDI

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida, Xitoy elchixonasi joylashgan hududda portlash yuz berdi. Barcha manbalar bu portlash diplomatik bino ichkarisida yuz bergani haqida xabar bermoqda. Elchixonaga aloqador manbalarning bildirishicha, portlash xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. Terakt oqibatida elchixonaning bir necha xodimlari jarohatlangani aytilmoqda. Jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Portlash ro‘y bergan hudud maxsus topshiriqli bo‘limlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan.

 

AQSH VA HINDISTON HARBIY LOGISTIKA BO‘YICHA KELISHUV IMZOLADI

AQSH va Hindiston 29 avgustda harbiy logistika bo‘yicha memorandum imzoladi, deb aytilmoqda ikki davlat mudofaa vazirliklari bayonotida.

Kelishuvning tayyorlanishi haqida Hindiston bosh vaziri Narendra Modining AQSHga iyundagi tashrifi vaqtida ma’lum bo‘lgan. Kelishuv AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan mavjud bo‘lgan kelishuvlarga o‘xshash. U Hindiston va AQSHga bir-birlarining harbiy bazalaridan texnik ta’minlash, xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘i quyish va boshqa ishlarda foydalanish uchun qulay to‘lov tizimini kiritishga imkon beradi. AQSH Hindiston bilan harbiy savdo va harbiy texnologiyalar bilan almashishni rivojlantirmoqchi, deb aytdi AQSH mudofaa vaziri Eshton Karter Vashingtonga kelgan Hindiston mudofaa vaziri Manoxar Parrikar bilan qo‘shma matbuot-anjumanida.

 

LONDONDA AN’ANAVIY KARNAVAL VAQTIDA 300 DAN KO‘PROQ ODAM HIBSGA OLINDI

Londonning Notting-Xill tumanida har yilgi an’anaviy karnaval vaqtida 300 dan ko‘proq odam ushlandi, deb ma’lum qildi London politsiyasi.

Notting-Xilldagi karnaval 1964 yil avgustdan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Uning bosh ishtirokchilari Londonning g‘arbida 1950-yillardan keyin joylashishni boshlagan Karib dengizidan kelganlar hisoblanadi. Karnaval vaqtida spirtli ichimliklar iste’moli sababli ko‘pincha turli qoidabuzarliklar yuz beradi. "Karnavalning 1-kuni (28 avgust) turli qoidabuzarliklar uchun 156 kishi, 2-kuni 160 kishi ushlandi. Hibsga olishlarning ko‘pi qurol olib yurish va giyohvand moddalarga egalik qilish gumoni bilan amalga oshirilgan", deyildi Skotland-yard xabarida.

Karnaval vaqtida 4 kishi pichoq jarohati olgan, ularning barchasi 15-20 yoshlilar. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, patrulь guruhlari festivalga tashrif buyurganlar yonidan 26 ta pichoq tortib olgan. 200 dan ko‘proq odam tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Notting-Xill karnavali Evropadagi eng katta ko‘cha bayrami hisoblanadi, unga yuz minglab odamlar tashrif buyuradi.

 

ROSSIYA PARALIMPIYA TERMA JAMOASI 2018 YILGI PARALIMPIADADAN HAM CHETLATILDI

Sport hakamlik sudi (CAS) tomonidan ma’qullangan, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining (XPQ) Rossiya terma jamoasini Riodagi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘ymaslik qarori 2018 yilgi Pxenchxan Paralimpiadasiga nisbatan ham amal qiladi.

"CAS tomonidan ma’qullangan, XPQning rossiyalik nogiron-sportchilarni Riodagi 2016 yilgi Paralimpiadaga qo‘ymaslik qarori Pxenchxandagi 2018 yilgi qishki Paralimpiadaga ham amal qiladi", deyildi xabarda.

 

III. MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA

 

MILLIY UNIVERSITETDA 10-11 NOYABRЬ KUNLARI XALQARO SIMPOZIUM BO‘LIB O‘TADI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida shu yil 10-11 noyabrь kunlari “Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzuida xalqaro simpozium o‘tkaziladi. SHu munosabat bilan xalqaro simpozium tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan YAdro fizikasi institutining bo‘shayotgan binolari, laboratoriyalari va boshqa mol-mulkini o‘quv jarayoni talablaridan kelib chiqib, zarur rekonstruksiya ishlarini amalga oshirgan holda ilmiy-ta’lim jarayonini tashkil etish uchun Milliy universitetga topshiriladi. Milliy universitet huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti 2016 yilning 1 iyulidan tugatildi va barcha ilmiy loyihalar, uskunalar va boshqa mol-mulkning maqsadga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ular Milliy universitetning Fizika fakulьtetiga topshirildi. Aytish joizki, bu borada bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar talaygina.

– Davlatimiz rahbarining mazkur Qarorida belgilangan vazifalarni to‘la-to‘kis amalga oshirish, shu bilan bir qatorda fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari, bu boradagi muammolar, yutuqlar, istiqbolli takliflarni ilmiy jihatdan o‘rganish maqsadida tashkil etilayotgan xalqaro simpozium o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi, degan umiddamiz,– deydi O‘zMU rektori, professor Abdurahim Abdushukurov.– Bugungi yig‘ilishda ana shu anjumanga puxta hozirlik ko‘rish bilan bog‘liq ba’zi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Qaysiki sohada bo‘lmasin, ilm va amaliyot uyg‘unligi hamisha o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi, albatta. Milliy universitetda o‘tkaziladigan mazkur xalqaro anjuman ham mamlakatimizda fizika fani va u bilan bog‘liq sohalar rivojiga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.

***

Tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida xalqaro simpoziumda ishtirok etishi kutilayotgan taniqli fizik olimlarni kutib olish, ular anjumanga taqdim etishayotgan ilmiy maqolalarni chop etish va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalqaro simpoziumni keng yoritib borish maqsadida alohida veb-sayt tashkil etiladi. Unda asosiy ma’lumotlar, maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida yoritib boriladi.

 

Materiallar O‘zMU Axborot xizmati tomonidan tayyorlandi.

Unda respublika OAV xabarlaridan foydalanildi.

 

Fakulьtet dekanining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari diqqatiga!

 

“Axborot soatlari” ma’lumotlari yuzasidan savol paydo bo‘lsa O‘zMU Axborot xizmati rahbari To‘lqin Eshbekovga murojaat qilishingiz mumkin.

Telefon: +99890 9120963.