O'zMU » Axborot soatlari » “AXBOROT SOATLARI” № 3-2016 Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealari (12-17 sentyabrь kunlari) MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “AXBOROT SOATLARI” № 3-2016 Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqealari (12-17 sentyabrь kunlari)

I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR

 

“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNGA QISQACHA SHARH

14 sentyabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi SHavkat Mirziyoev “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi. Bu qonun loyihasi 12 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24 avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi. Qonun haqidagi hujjat “Narodnoe slovo” va “Xalq so‘zi” gazetalarida 15 sentyabrda nashr etildi va shu kundan kuchga kirdi.

Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat.

YOshlarga oid Davlat siyosati tushunchasi yoshlarni har tomonlama mukammal etib voyaga etkazishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va qonuniy chora-tadbirlar tizimini nazarda tutadi.

Qonunda yosh fuqarolar tushunchasiga izoh berilgan. Unga ko‘ra, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, xususan, yosh oila, yosh mutaxassis va yosh tadbirkor aynan yoshlar qatoriga kirishi qayd etilgan.

YOshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi ochiqlik va shaffoflik, yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta’minlash, yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hisoblanadi.

Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

YOshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

YOshlarning hayoti va salomatligini saqlash;

YOshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy, jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

YOshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

YOshlarni ishga joylashtirish va  ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

YOshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

YOshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

YOshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish;

YOshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;

YOshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

YOsh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

YOshlar huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan  hamkorlikni rivojlantirish.

Mazkur qonun hujjatida yoshlar va yosh oilalarni ijtimoiy himoyalash maqsadida yoshlar ijtimoiy xizmati yaratilishi haqidagi masala ham ko‘rib chiqilgan.

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI VAZIFASINI BAJARUVCHI, RESPUBLIKA BOSH VAZIRI SHAVKAT MIRZIYOEV JIZZAX VILOYATIGA TASHRIF BUYURDI  

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri SHavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 16 sentyabrь kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

SHavkat Mirziyoev safar davomida viloyatning Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, Do‘stlik tumanlarida bo‘ldi.

Jizzax viloyati faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ozodligi, yurt ravnaqi, tinchligini ta’minlash borasidagi faoliyati, beqiyos xizmatlari alohida qayd etildi. Xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan bu buyuk siymoning hayot yo‘li bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tashi ta’kidlandi. So‘nggi chorak asr mobaynida erishilgan olamshumul yutuqlarimiz ko‘lamini yanada oshirish barchamizning burchimiz ekaniga alohida urg‘u berildi.

SHu bilan birga, tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda viloyatda sanoat sohasining rivojlanishi, etishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish va kuzgi g‘alla ekish mavsumining borishiga doir masalalar tahlil etildi. Iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar, kommunikatsiya tizimlarini yanada taraqqiy ettirish, obodonlashtirish, zamonaviy bino va inshootlarni qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aholi turar joylari fondi va ijtimoiy soha muassasalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash, sanoat va boshqa sohalarning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari ham yig‘ilish qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

SHu kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi SHavkat Mirziyoevning tavsiyasiga ko‘ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To‘xtaev tasdiqlandi.

SHu kunning o‘zida yana bir nechta tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, shuningdek, qator tuman hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar tasdiqlandi.

Jizzax viloyati rahbariyati zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, barcha soha va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlarni hayotga izchil joriy etish va ularning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan dolzarb va istiqbolli chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklatildi.

 

SAYLOV — XALQ XOHISH-IRODASINING IFODASI

Markaziy saylov komissiyasi 2016 yil 4 dekabrь, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mustaqil mamlakatimiz O‘zbekistonning kelajagi ana shu saylovga bog‘liq ekanini barcha ziyolilar, fuqarolar dildan his etib turibdilar.

Saylov jaryonlari tegishli qonunlarimizda belgilab ko‘yilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar Prezidentlikka o‘zlarining nomzodini ko‘rsatish taraddudini boshlaganlar. Albatta, belgilangan muddatlarda qaysi siyosiy partiyadan kimlar nomzod qilib ko‘rsatilgani oydinlashadi.

Aytish joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda saylov instituti etarli darajada shakllangan. Xalqimiz saylov huquqlarini juda yaxshi biladilar va albatta bu saylovda ham faol ishtirok etadilar.

Ming afsuski, shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lajak saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladiganlar paydo bo‘lmoqda. Ular o‘zlaricha turli «nomzod»larni ko‘rsatib, ularga ovoz berishga chaqirishmoqda. Buyam etmagandek, shu noqonuniy xatti-harakatlarini muxokama qilishga urinmoqda. O‘zlaricha u yoki bu nomzodlarning kamchiligi yoki yutuqlarini ko‘rsatishyapti. Bu bilan faqat o‘sha «nomzod»ga ovoz berishga yoki umuman saylovga bormaslikka da’vat qilinmoqda.

Bu xatti-harakatlar nafaqat noto‘g‘ri va noxolis, shu bilan birga juda xatarli hamda qaltisdir…

Bunaqa sahifalarning mualliflari kim ekanligini hech kim aniq bilmaydi. Ular turli niqoblarda turib tosh otayotganlarini ongli, farosatli odamlar juda yaxshi anglab turibdilar. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bunaqa sun’iy ravishda manipulyasiya qilishga urinishlarning oqibatini bugun hamma yaxshi biladi.

Buzg‘unchilarning «hukumatga bo‘ysunmaymiz, saylovda ishtirok etmaymiz» degan chaqiriqlariga aslo quloq solmaylik. Bu xatarli xatti-harakatlar aslo yaxshilikka olib kelmaydi!

 

OQILONA QADAMLAR

8 sentyabrь kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni mamlakat Bosh vaziri SHavkat Miromonovich Mirziyoev zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi. Mazkur voqeani yurtimiz jamoatchiligi ijobiy qabul qildi. O‘zbekiston xalqi hukumat rahbarining davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasidagi ko‘p yillik tajribasi mamlakatni Birinchi Prezident Islom Karimov boshlab bergan taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay boshqarish, bugungi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, muhim siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishda asqotishiga qat’iy ishonch bildirmoqda. Biz bu borada yoshlarning fikrlari bilan qiziqdik.

Abatbay Daniyarov, “Kamolot” YOIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi, “SHuhrat” medali sohibi:

— O‘tgan yigirma besh yil mobaynida mamlakatimizda olib borilgan davlat siyosati naqadar to‘g‘ri va oqilona ekanini bugungi kunning o‘zi tasdiqlab turibdi. Erishilgan barcha yutuq va marralarda Birinchi Prezident Islom Karimovning hissasi beqiyos albatta. Biroq u kishi endi oramizda yo‘q. Xalqimiz og‘ir judolikka uchragan bir paytda mamlakat boshqaruviga yuqori rahbarlik salohiyati hamda mustahkam pozitsiyaga ega, qat’iyatli, xalq dardi bilan yashaydigan insonning kelishi juda muhim.

YAqinda bo‘lib o‘tgan parlament palatalarining qo‘shma yig‘ilishida xalqning ishonchli vakillari — deputat va senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni mamlakat Bosh vaziri SHavkat Mirziyoev zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Men bu qarorni qo‘llab-quvvatlayman. CHunki SHavkat Miromonovich mustaqillik yillarida barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar jarayonida Birinchi Prezidentimizga elkadosh bo‘lgan rahbarlardan biri sanaladi.

Qolaversa, Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarining joylardagi ijrosi bevosita shu shaxs faoliyati bilan bog‘liq. Qo‘shma majlisda ta’kidlanganidek, qanday murakkab vazifa yoki mas’uliyatli topshiriq bo‘lmasin, har qanday vaziyatda u o‘zini mohir tashkilotchi sifatida namoyon etib, hamyurtlarimiz orasida samimiy hurmat qozondi. Bunga o‘z faoliyatim davomida ham amin bo‘lganman. YUrtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va hayotga izchil tatbiq etilishida hukumat rahbari shaxsan rahnamolik ko‘rsatgani ayni haqiqat.

Bunday salohiyat va uzoq yillik tajribaga ega rahbar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va mamlakat ichidagi vaziyatni barqaror saylay olishiga shubham yo‘q.

Elyor Rahmatov, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi:

— Mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, parlamentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarining hukumat rahbari — SHavkat Mirziyoev zimmasiga vaqtincha yuklanishi na Konstitutsiya, na boshqa qonunlarimizga zid emas. Ochig‘i, bu masalada xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida bildirilayotgan ayrim e’tirozli fikrlar meni g‘oyat taajjubga solmoqda. Axir, qo‘shma majlisda qabul qilingan qarorning huquqiy asoslarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov atroflicha tushuntirib berdi.

SHaxsan o‘zim SHavkat Mirziyoevning Prezident sayloviga qadar davlat rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turishi to‘g‘ri o‘ylangan qaror deb hisoblayman. Muhimi, u Konstitutsiya normalariga zid emas. Bosh vazirimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ta’kidlagan quyidagi so‘zlari esa dildan chiqarib aytganiga shubham yo‘q: “Sizlarni ishontirib aytamanki, Islom Abdug‘anievich Karimov bizga vasiyat qilib qoldirgan barcha hayotiy tamoyillarga og‘ishmasdan, qat’iy amal qilaman. U kishining rahbar doimo odamlarning, el-yurtning dardu tashvishi bilan yashashi, ularning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun huzur-halovatdan voz kechib, o‘zini ayamasdan mehnat qilishi kerak, degan dono o‘gitlarini o‘z faoliyatim uchun asosiy mezon va talab sifatida qabul qilaman”.

 

OLIY TA’LIM: KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH ILG‘OR XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Oliy ta’lim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish mazmuni hamda ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari I.Majidov va boshqalar istiqlol yillarida hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni voyaga etkazish, ta’lim tizimini tubdan isloh etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar va ular berayotgan ulkan natijalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimizning 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida modernizatsiyalash maqsadida bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz hamda tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi tarmoq markazlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar hamkorligida o‘quv rejalar va dasturlar ishlab chiqildi. Hozirgi kunda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi tarmoq markazlariga direktor o‘rinbosari sifatida Janubiy Koreya, Italiya, Avstriya, YAponiya, AQSH, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlardan 15 xorijiy mutaxassis jalb etildi. 2016 yilda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining pedagoglari tarkibi salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarning universitetlarida tahsil olgan, xorijda stajirovka, malaka oshirishdan o‘tgan, sohaning tajribali mutaxassis va amaliyotchilaridan iborat 827 nomzod bazasi shakllantirildi.

2016 yilning aprelь-may oylarida nomzodlar uchun Germaniya, YAponiya, Angliya, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, AQSH, Portugaliya kabi davlatlardan jalb etilgan 34 nafar xorijiy mutaxassis ishtirokida 24 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etildi. Trenerlik kurslari yakunida test sinovlari va suhbat o‘tkazish asosida 402 professor-o‘qituvchi saralab olindi. Ushbu professor-o‘qituvchilar uchun joriy yilning 15 avgustidan 41 nafar xorijiy mutaxassisni jalb etgan holda 108 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

2016 yilning oktyabrь-noyabrь oylarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining yangi o‘quv dasturlari asosida 1-kursda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan 1577 nafar pedagog kadr tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi tarmoq markazlarida xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishi rejalashtirilgan.

Xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv-me’yoriy va metodik ta’minotini takomillashtirish maqsadida Evropa Komissiyasining “Erasmus+” loyihasi doirasida London Metropolitan universiteti (Buyuk Britaniya), Peloponnes universiteti (Gretsiya), Rezekne texnologiya akademiyasi (Latviya), O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi o‘qitish sifati nazoratini, shuningdek, tinglovchilarning o‘quv faoliyati natijalari doimiy monitoringini olib borish maqsadida elektron monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

 

O‘ZBEKISTON HUKUMATI TARKIBIDA O‘ZGARISHLAR AMALGA OSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi SHavkat Mirziyoev Abdulla Aripov Nigmatovichni bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi.

Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasida YOshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi. Aripov 2002 yilning mayidan 2012 yilning avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Rustam Qosimov tayinlandi. U 2004−2008 yillarda ham Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgandi.

Inom Majidov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Majid Karimov — ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

 

PARALIMPIYA O‘YINLARIDA O‘ZBEKISTON SPORTCHILARINING MEDALLARI SONI 30 TAGA ETDI

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobi yana oltita medalga boyidi.

Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 7 oltin, 6 kumush, 17 bronza, jami 30 medalь bor.

 

QUVONIB YASHAYDIGAN MAMLAKAT ODAMLARI BAXTLIDIR!

O‘zbekiston dunyoning eng ijobiy hissiyotga ega mamlakatlar reytingining yuqorisidan joy oldi. O‘zbekiston eng ta’sirchan mamlakatlarning birinchi beshtaligi qatoridan joy oldi. Beshtalik ichida Paragvay, Gvatemala va Gonduras kabi davlatlar ham bor. Dunyo mamlakatlari aholisining hissiy kechinmalari ustida tadqiqot olib borgan Gallup sotsialь kompaniyasi shunday xabar tarqatgan. 2015 yil davomida dunyoning 140 ta mamlakatlarida 147 mingga yaqin intervьyular o‘tkazildi. Insonlarga kechagi kun qanday hissiyotlarni boshdan kechirganligini aniqlash maqsadida o‘nta savol berildi: «Kecha siz qandaydir qiziqroq ish qildingizmi?», «Siz ko‘p tabassum qildingizmi?», «Siz tushkun holatda bo‘ldingizmi?» va boshqalar.

Tasdiq javoblar soniga ko‘ra savollarda ikkita jihat — ijobiy va salbiylik hisobga olindi.

Ijobiy kechinmalar reytingida Paragvay etakchilik qilmoqda. Uning ketidan ro‘yxatni Gvatemala, Gonduras va O‘zbekiston davom ettirdi. Siyosiy holat notinch bo‘lgan Suriya, Turkiya, Ukraina, Iroq, YAman kabi davlatlarda esa eng salbiy hissiyotlar ko‘rsatkichi qayd etildi.

Natijaga muvofiq, O‘bekiston salbiy hissiyotlar darajasi kam bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida ham etakchilik qilmoqda.

 

ANDIJONDAN BUXOROGA YO‘LOVCHI POEZDI QATNOVI JORIY ETILADI

Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi orqali yo‘lovchilarni tashish xizmatini yaxshilash maqsadida shu yilning 20 sentyabridan №392/391 raqamli Andijon-Buxoro-Andijon yo‘lovchi poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Poezd tarkibi Andijonda soat 14:30da jo‘naydi. U, Marg‘ilon, Qo‘qon, Pop, Orzu, Toshkent, Guliston, Jizzax, Samarqand va Navoiy shahar temir yo‘l vokzallarida to‘xtab, bu kunisiga ertalab soat 06:30da Buxoro vokzaliga etib keladi. Buxoro-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha №391/392 raqamli qatnov o‘sha kuni soat 22:30 da yo‘lga chiqadi.

 

II. JAHON MIQYOSIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR

 

MDH DAVLAT RAHBARLARI ISLOM KARIMOV XOTIRASINI YODGA OLISHDI

MDHning Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan yubiley sammitida hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga olishdi. SHundan so‘ng, davlat rahbarlarining keng tarkibdagi majlisi boshlangan.

«Sentyabrь oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hayotdan ko‘z yumdi. Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboev taklifiga binoan biz qardosh O‘zbekiston xalqiga murojaatimizni yo‘llashga qaror qildik. Biz, O‘zbekiston xalqini prezidentlik saylovlarini tinch va barqaror vaziyatda o‘tkazib olish hamda Islom Karimov boshlab bergan yo‘l davom etishi uchun birdam bo‘lishga chaqiramiz», - deya qayd etgan Almazbek Atambaev.

***

2016 yil 16 sentyabrь, juma kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 25-yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi. Biroq, unda xalqaro tashkilotning 25-yilligini nishonlash hamda uni isloh qilish masalalarini muhokama etish uchun unga a’zo bo‘lgan 11 davlat rahbarlarining barchasi ham qatnashgani yo‘q.

SHu bilan birga, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning sammitda ishtirok etmagani rus-ukrain keskinligi mavjudligini anjuman qatnashchilariga eslatib qo‘yishga to‘sqinlik qilmadi.

Bishkek shahri Hamdo‘stlikning chorak asrlik tarixida uchinchi marotaba uning sammitiga mezbonlik qildi. Mazkur anjumanni o‘tkazish uchun shaharda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borildi. «Ala-Archa» davlat qarorgohida o‘tov shaklida maxsus bino barpo etildi. Qanchalik jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmasin va harakat qilinmasin, sammitni o‘z vaqtida boshlashning imkoni bo‘lmadi. Bunga, Vladimir Putinning etib kelishi kechikkani sabab bo‘ldi. Uch mamlakat rahbarlari esa, sammitga o‘z vakillarini yubordi.

Ukraina, Turkmaniston va Moldova rahbarlari odatdagidek, anjumanda qatnashishdan bosh tortishdi. Ukraina nomidan mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi ishtirok etgan bo‘lsa, Turkmanistondan bosh vazir o‘rinbosari tashrif buyurgan. MDHning yubiley sammitida Moldova bosh vaziri ishtirok etdi. Bundan tashqari, Moldova prezidenti anjumanda ishtirok etmagani barobarida, rasmiy Kishinyov MDHning 2017 yilgi raislik qilishdan ham bosh tortdi. Respublika byudjetida xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun etarli mablag‘lar mavjud emasligi vaj qilingan. SHu sabab, estafetani Moskva qabul qilib oldi. Bu ham aslida Hamdo‘stlik tarixida birinchi bor kuzatilayotgan hodisa emas. 2014 yili Ukraina mamlakat janubi-sharqida boshlanib ketgan fuqarolik urushi sabab sammitni o‘tkaza olmagan, o‘shanda Belarusь Kiev ma’muriyati joniga oro bo‘lgandi.

Ukraina va Turkmaniston shu paytga qadar Hamdo‘stlik nizomini imzolagani va tasdiqlagani yo‘q. SHunga ko‘ra, aslida bu mamlakatlar huquqiy jihatdan MDH a’zolari hisoblanmaydi. Rasmiy Kiev bu borada o‘z maqomini muhokama ham etmaydi va a’zolik badallarini ham to‘lamaydi.

O‘zbekiston rahbarining ishtirok etmasligini esa to‘g‘ri tushunish mumkin. Sammitda, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi SHavkat Mirziyoev o‘rniga tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qatnashgan. Respublikada prezidentlik saylovlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

***

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotining 25-yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda, rejalanganidek, MDHni zamon talablariga moslashtirish masalasi kun tartibining asosiy mavzusi bo‘ldi. Qozog‘iston respublikasi shunday tashabbus bilan chiqqan. Rasmiy Ostona sammitga jiddiy va amaliy nuqtai-nazardan yondashib, davlat rahbarlariga faqatgina o‘ta muhim masalalarni muhokama etish taklifini bildirgan hamda Hamdo‘stlik ijroiya organlari xodimini qisqartirish talabini ilgari surgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboev bir necha marotaba, tashkilot davlat rahbarlari o‘ylaganidek samarador bo‘lmaganini bir necha marotaba afsus bilan tan olgan edi. Umumiy mudofaa kengligi va erkin savdo hududi borasidagi umidlar chippakka chiqqan. Biroq, uning fikricha, MDHni saqlab qolish mumkin. Jumladan u o‘zaro muloqot maydoni bo‘lib ximat qila oladi. Nazarboev fikriga qo‘shilgan Belarusь rahbari Aleksandr Lukashenko Hamdo‘stlikning 25 yilligining natijasi unchalik samarali emasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, mamlakatlar bu borada «ijobiy tomondan salbiy tomonga» og‘moqda. SHunga ko‘ra, hamkorlikning bir vaqtlar bo‘lganidek yorqin onlariga qaytish amri mahol, deb ta’kidlagan Belarusь rahbari.

Albatta, barcha umidlar o‘zini oqlagani yo‘q, deya tan olgan o‘z navbatida Armaniston rahbari Serj Sargsyan. Buning sababi esa, uning fikricha, mustaqil respublikalarning yagona to‘xtamga, xulosaga kela olmayotganidadir. Sargsyan hamkasbi Nazarboevning fikrini davom ettirar ekan, MDH sammiti kun tartibidan iqtisodiy mavzularga oid masalalarni olib tashlashni taklif qildi. Sammit mezboni, Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaevning qayd etishicha, davlat rahbarlari «MDHning taqdiri borasida va uni isloh qilgan holda, zamon talablariga moslashtirish borasida» ko‘pgina mulohazalarini bildirib, nihoyat, kelishib olishgan. SHunday qilib, MDHning yubiley sammiti aytarli natijalar bilan yakunlanmagan bo‘lsa-da, tashkilotni isloh qilish borasida muhim qadam tashlandi, deyish mumkin.

 

GERMANIYANING ETTI SHAHRIDA EI VA AQSH BILAN SAVDO SHARTNOMASIGA QARSHI NOROZILIK NAMOYISHI BO‘LIB O‘TMOQDA

Germaniyada TTIP (Transatlantic Trade and Investment Partnership) transatlantik erkin savdo hududini tashkillashtirish haqidagi shartnoma tuzishga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Norozilik namoyishlari Germaniyaning 7 shahrida bo‘lib o‘tmoqda: Gamburg, Berlin, SHtutgart, Kelьn, Leypsig, Frankfurt-na-Mayne va Myunxen. Berlinning o‘zidayoq aksiya tashkilotchilari 100 000 nafar ishtirokchi uchun buyurtma berishdi. RT Germaniya poytaxtida o‘tayotgan namoyishlardan jonli translyasiyani amalga oshirdi. 2013 yildan beri Evropa Ittifoqi yopiq rejimda TTIP'ga doir muzokaralar olib bormoqda. Gap taxminan 820 kishidan iborat iste’molchi bozoriga ega dunyodagi eng katta erkin savdo zonasini tashkil qilish haqida bormoqda. AQSH va Evroittifoqdan tashqari bu loyihaga Kanada, Meksika, SHveysariya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Islandiya, shuningdek EI a’zoligiga da’vogar mamlakatlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Evropada kelishuvga ishonqiramay qarashadi. Evropaliklar TTIP'ning ekologik standartlar va ish bilan bandlik huquqlarini buzishidan xavfsirashmoqda. 2015 yilning oktyabrida 150 mingdan ortiq kishi kelishuv imzolanishiga qarshi chiqib, Berlin ko‘chalariga chiqqan hamda norozilik aksiyasida ishtirok etgan.

 

LATVIYADA MAHBUSLARNING YO‘QLIGI SABAB QAMOQXONA YOPILADI

Latviyaning LETA yangiliklar agentligi xabar qilishicha, kelasi 2017 yilning 1 yanvaridan Latviyaning Vetsumniekskaya qamoqxonasi yopiladi. Bunga, so‘nggi yillarda mahbuslarning soni keskin kamaygani sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, mazkur axloq tuzatish idorasi yopilgach, unda saqlanayotgan mahbuslar ochiq turdagi Daugavgrivsk, Ekabpilssk va Olaynsk qamoqxonalariga o‘tkaziladi. Uning ishchilari esa, Elgav va Olaynada xizmatini davom ettirishlari mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2012 yil oxirida Latviya qamoqxonalarida 6117 nafar jinoyatchi bo‘lgan bo‘lsa, shu yilning sentyabrь oyiga kelib bu raqam — 4202 nafarni tashkil etgan.

 

PUTIN AQSH BILAN SURIYA BO‘YICHA KELISHUVNI E’LON QILISH TARAFDORI

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSHning Suriya bo‘yicha kelishuvni nima uchun oshkor etmayotganiga oydinlik kiritdi. «Oshkor qilishni xohlamayotganlarining sababi, menimcha shundaki, bu holda Amerika, Rossiya va umuman jahon jamoatchiligi uchun kim nimani bajarmayotgani fosh bo‘ladi», — degan Putin. Uning aniqlik kiritishicha, AQSH terrorchilarni sog‘lom fikrli muxolifatdan ajratish bo‘yicha majburiyatini bajarganicha yo‘q. SHu bilan birga, Putin qo‘shimcha qilganidek, Rossiya Suriya bo‘yicha kelishuvlar borasida ijobiy kayfiyatda. «Biz, tabiiyki, kelishuvlarni oshkor qilmaymiz. CHunki, amerikalik hamkorlarimiz bunga rozilik bildirishmayapti. Odatda, Suriya inqiroziga o‘xshash masalalar yuzasidan diplomatik darajada kelishuvga erishilganda shunday yo‘l tutiladi. YAna takrorlayman, biz salbiydan ko‘ra ko‘proq, ijobiy fikrdamiz. SHunga ko‘ra, Amerika ma’muriyati bergan va’dalar ijro etilishiga ishonamiz», — degan davlat rahbari.

 

III. MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA

 

BOLGARIYA MILLIY VA DUNYO XO‘JALIGI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK RISHTALARI

Madaniy-ma’rifiy aloqalar mamlakatimiz ta’lim taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 maydagi “O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1785-sonli Farmonida bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida shu yil 13 sentyabrь kuni “Bolgariya–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati boshqaruvi raisi, Bolgariya Respublikasining Sofiya shahrida joylashgan Milliy va Dunyo xo‘jaligi universiteti prorektori Krastev Toshko Angelo hamda mazkur do‘stlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Lem Dmitriy bilan o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zMU birinchi prorektori Fayzulla Agzamov xorijlik mehmonlar bilan uchrashuvda avvalo Milliy universitetimizning tarixi, yurtimiz mustaqilligi yillarida erishgan yutuqlari, qator xorijiy mamlakatlar universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorligi natijalari, bugungi kunda o‘quv jarayonlariga elektron ta’lim tizimi keng joriy etilayotgani, ilmiy salohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. U O‘zMU Erasmus+ dasturlarida faol qatnashayotganligi, bu dasturlarning asosiy maqsadi Evropa va Markaziy Osiyo o‘quv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, oliy ta’lim tizimi sifatini oshirish, ikki tomonlama fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Krastev Toshko Angelo ham o‘z navbatida Bolgariya Respublikasi oliy ta’lim tizimi, xususan, o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetda o‘qitish usullari, dars jarayonlari, halqaro hamkorlik aloqalari haqida atroflicha so‘z yuritar ekan, bu borada ko‘plab ma’lumotlar jamlangan diskini taqdim etdi.

Nufuzli mehmon o‘z so‘zida O‘zbekiston-Bolgariya aloqalari o‘zaro do‘stlik, hamkorlikka asoslanganligi va ta’lim sohasida erishilayotgan natijalarni ijobiy baholadi. U mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar jahon andozalariga mos ekanligini e’tirof etdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida O‘zMU bilan Bolgariya Milliy va Dunyo xo‘jaligi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama ilmiy xodimlar, yosh tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikrlashib olindi.

Kelgusida bu borada tegishli shartnomalar imzolanib, amaliy ishlarga kirishiladi.

 

XALQARO TAJRIBALAR O‘RGANILMOQDA

Dunyo bilan bo‘ylashmoq uchun uning cho‘qqisiga aylangan sohalarni mukammal egallamoq lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bosh ilmiy-metodik markazida tashkil etilgan trenerlar tayyorlash kurslari mashg‘ulotlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida davom ettirildi.

Respublikamiz tayanch oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan O‘zMUda ham qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilayotgan professor-o‘qituvchilar mazkur kurslarda bilim va malakalarini oshirdilar.

Mashg‘ulotlarda ayniqsa Janubiy Koreya, YAponiyalik olimlarning ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Men Janubiy Koreyalik professor Kong YOng Kunning ma’ruzasi orqali ushbu mamlakat oliy ta’lim tizimi haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim,– deydi Jurnalistika fakulьteti dotsenti YUsufjon Hamdamov.– Xorijlik professorning so‘zlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga juda mahorat bilan tarjima qilib turgan markaz direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi Bahodir Xolboevdan ham minnatdormiz.

Aytish joizki, Mintaqaviy markazda professor-o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlarini ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliy o‘qitishning interaktiv usullaridan, elektron darsliklar hamda mulьtimedia vositalaridan unumli foydalangan holda olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bularning barchasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tobora oshirib borishga xizmat qiladi.

 

TALABANING MA’NAVIY OLAMI

Kelgusida baxtli inson bo‘lib kamolga etishni istagan talaba hozirdanoq hayotga katta-katta uchta ma’naviy ildiz otmog‘i lozim.

Bu ildizlarning birinchisi – haqiqiy Inson bo‘lish! Ikkinchisi – etuk kadr va chinakam mutaxassis bo‘lib etishish! Uchinchisi – kelgusida baxtli oila qurish uchun munosib umr yo‘ldoshini tanlash va chin sevgisiga erishish! Bu ulug‘vor g‘oyalar atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romanida g‘oyat qiziqarli va ta’sirchan bir tarzda ifoda etilgan.

YUrtimiz mustaqillikka erishganidan buyon yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buni birgina O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni misolida ham ko‘rish mumkin. Mazkur qonunda belgilab qo‘yilganidek, “yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi”dir.

Matematika fakulьteti 1-bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov va Axborot xizmati rahbari To‘lqin Eshbek bu mavzuda atroflicha so‘z yuritdilar.

Darhaqiqat, kamolga etayotgan har bir yigit-qiz bilimli, o‘qimishli va etuk inson bo‘lib voyaga etmog‘i lozim. Buning uchun ular fanlarga oid adabiyotlar bilan bir qatorda badiiy asarlar, gazeta-jurnallarni ham muttasil mutolaa qilib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Talaba kiyinish madaniyati, odobi bilan ham boshqa tengqurlariga namuna ko‘rsatib yurishi lozim.

Kundalik muhim axborotlardan xabardor bo‘lib yurish bo‘lg‘usi ziyolilar uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini izohlashga hojat yo‘q. Bu borada talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Milliy universitetimizning nuuz.uz saytlarida muntazam yoritib borilayotgan “Axborot soatlari” rukni ostidagi xabar hamda maqolalarni o‘qib borish tavsiya etiladi.

– Men talabalarga darsni boshlashdan avval har gal ma’naviyat, odob-axloq haqida so‘z yuritaman,– deydi atoqli olim, Kimyo fakulьteti professori Tuyg‘un Boboev.– Dunyoga dovruq solgan buyuk allomalarimiz qanday kashfiyotlar qilishidan qat’i nazar avvalo ma’naviy etuk insonlar bo‘lganlarini juda yaxshi bilamiz. Demoqchimanki, har bir murabbiyning darsi avvalo ma’naviyatdan boshlanishi maqsadga muvofiqdir.

 

Materiallar O‘zMU Axborot xizmati tomonidan tayyorlandi.

Unda respublika OAV xabarlaridan foydalanildi.