O'zMU » Fizikaviy elektronika kafedrasi
 
Fizikaviy elektronika kafedrasining shakllanishida buyuk olimlar A.N. Dobretsov, S.V. Starodubtsev, U.A. Arifov va G.N.Shuppelarning xizmatlari juda kattadir. Kafedra 1936 yilda tashkil etilgan bo`lib, u eksperimental fizika, elektronika, elektrofizika nomlari bilan yuritilgan. 1957 yildan esa Fizikaviy elektronika nomi bilan atalgan. Fizikaviy elektronika kafedrasiga 1957-1966 yillarda G.N. Shuppe, 1966-1972 va 1980-1991 yillarda prof. V.I. Veksler, 1972-1980 va 1991-1993 yillarda dots. A.A. Adilov, 1993-1995 yillarda akad.O`.X.Rasulev, 1995-2009 yillarda mudirlik qilgan. 2009 yildan kafedraga prof. U.Sh.Begimqulov mudirlik qilmoqda.

Kafedra ravnaqiga hissa qo`shgan olimlar
Shuppe Georgiy Nikolaevich

Shuppe Georgiy Nikolaevich - fizika-matematika fanlari doktori, professor, Fizikaviy elektronika kafedrasining asoschilaridan biri bo`lib, 1957-1966 yillari ushbu kafedraga mudirlik qilgan. Dunyoga tan olingan Fizikaviy elektronika maktabini yaratishda uning xizmatlari katta. Nafaqat universitetda, balki Respublikada Fizikaviy elektronika sohasining rivojiga katta hissa qo`shgan. Kafedra qoshida muammolar laboratoriyasini ochib, ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan. 5 ta monografiya, 10 dan ortiq o`quv qo`llanmalar, ixtirolar va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo`lgan. G.N. Shuppe rahbarligida 4 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Uning shogirdlari respublika va bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlarida xizmat qilmoqda.

Veksler Vladimir Isakovich

Veksler Vladimir Isakovich - fizikamatematika fanlari doktori, professor, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi. 1966-1972 va 1980-1991 yillarda kafedraga mudirlik qilgan. Fizikaviy elektronika maktabining davomchisi, hamda Fizikaviy elektronika sohasining rivojiga katta hissa qo`shgan olim. 2 ta monografiya, 10 ga yaqin o`quvuslubiy qo`llanmalar, 10 ta ixtiro, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Veksler V.I. rahbarligida 2 ta doktorlik va o`ndan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Uning shogirdlari respublika hamda xorijiy davlatlarning ilmiy muassasa va ishlab chiqarish korxonalarida xizmat qilmoqda.

Adilov Adxam Agzamovich

Adilov Adxam Agzamovich - fizikamatematika fanlari nomzodi, dotsent, tashkilotchi olim. 1980-1991 yillari fizika fakulteti dekani lavozimida ish yuritib, fakultetda o`quv ilmiy ishlarning rivojiga katta hissa qo`shgan. 1972-1980 va 1990-1993 yillarda Fizikaviy elektronika kafedrasiga mudirlik qilgan. A.A.Adilov 10 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 6 ta ixtiro, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

Rasulev O`tkir Xasanovich

Rasulev O`tkir Xasanovich - fizikamatematika fanlari doktori, professor, O`zR FA akademigi, Davlat mukofoti sovrindori, Shuhrat medali sohibi. 1993-1995 yillarda Fizikaviy elektronika kafedrasiga mudirlik qilgan. Kafedra va respublikamizda ilm-fanning rivojiga katta hissa qo`shgan, Fizikaviy elektronika sohasida jahonga tanilgan olim. O`z FA Elektronika institutida kafedra filialining ochilishi tashabbuskori. Murakkab tartibli molekulalarning qattiq jism sirtida ionlanishiga oid ilmiy yo`llanishga rahbarlik qilib kelmoqda. Rasulev O`.X. 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, ixtirolar uchun 15 ta mualliflik guvohnomasi va 8 ta O`zbekiston Respublikasi, 5 ta xorijiy davlatlar, 7 ta Rossiya davlati patentlari sohibi va 4 ta monografiya muallifidir. O`.X. Rasulev rahbarligida 2 ta doktorlik 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Norqulov Nemat

Norqulov Nemat - fizikamatematika fanlari nomzodi, dotsent. O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi. 1995-2009 yillarda Fizikaviy elektronika kafedrasining mudiri. Kafedraga rahbarlik qilish davrida 2 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodlari tayyorlandi. N.Norqulov jamoat ishlarining faol ishtiroksi, O`zMU tashkiliy-metod kommissiyasi rahbari, O`zMU o`quv jarayonining takomillashuvga katta hissa qo`shmoqda. Metallar va ular asosidagi qotishmalarning adsorbtsion va emission xususiyatlarini o`rganish hamda turli kirishmalarning qattiq jismga ion implantatsiyasi hisobiga o`ta sezgir datchiklar yaratish mavzularida ilmiy izlanishlar olib boradi. 4 ta ixtiro, 137 ta ilmiy maqola va tezislar, 5 ta o`quv-uslubiy qo`llanma muallifi. N.Norqulov rahbarligida 2 ta fan nomzodi tayyorlangan.

Kafedra faoliyati

Kafedraning o`quv-uslubiy jarayoniga 7 nafar professor-o`qituvchilar jalb qilingan bo`lib, shulardan 2 nafari fan doktoriprofessorlar, 4 nafari fan nomzodlari-dotsentlar va bir nafari katta o`qituvchidan iborat.
Kafedrada 5A521708Fizikaviy elektronika mutaxassisligi bo`yicha magistratura va 01.04.04-fizikaviy elektronika ixtisosligi bo`yicha aspirantura mavjud.

Dots. Yo.R.Sagatov dars jarayonida

Kafedrada o`qitiladigan barcha fanlarning namunaviy o`quv dasturlari O`zRFA Elektronika instituti va boshqa tashkilotlardagi buyurtmachi mutaxassislar bilan muhokama qilinib, ularning takliflari e`tiborga olingan holda barcha fanlardan ishchi o`quv dasturlari tayyorlanib, o`quv tizimiga joriy qilingan. Kafedrada o`qitiladigan fanlar bo`yicha laboratoriya ishlari yetarli bo`lib, ular zarur jihozlar bilan ta`minlangan. Laboratoriya ishlari har yili takomillashtirib boriladi, hamda 2-3 ta yangi laboratoriya ishi qo`yiladi. Fanlarning barchasi o`quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. Kafedrada kutubxona mavjud. Kafedraning barcha talabalari Ustoz-shogird tizimi asosida professor-o`qituvchilariga biriktirilgan.
Kafedraning talabalari O`zRFA Elektronika institutiga qarashli zamonaviy laboratoriyalaridan to`liq foydalanadilar hamda bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini malakali mutaxassislar rahbarligida bajaradilar.
Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy grantlarga hamda xo`jalik shartnomalariga biriktirilgan. Kafedrada o`quv jarayonini ko`rgazmali qurollar, yangi pedagogik texnologiyalar yordamida olib borishga etibor beriladi. Respublika universitetlari va institutlariga o`quv adabiyotlari hamda laboratoriya qurilmalari bilan yordam ko`rsatildi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan to`liq darslik majmuasi tayyorlandi, chop etildi va o`quv jarayoniga tadbiq etildi (prof. K.A. Tursunmetov, prof. I. Bo`riboev, dots. N.Nurmatov, dots. A. Uzoqov, dots. A.Xudoyberganov va boshqalar).

Laboratoriya mudirasi X.Sagatova mashg`ulot jarayonida

Mustaqillik yillarida kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratildi. Prof I.Bo`riboev rahbarligida Respublika o`rta maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari uchun fizika fanidan uzviylashtirilgan o`quv dasturi ishlab chiqildi va o`quv jarayoniga tadbiq etildi.
Bitiruvchilarning ko`pchiligi O`zR FA institutlarida turli diagnostik ilmiy markazlarida, Oliy o`quv yurtlarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, Rossiya va O`rta Osiyo Respublikalari universitetlarida, hamda AQSh, Belgiya, Kanada, Isroil, Afg`oniston, Misr va boshqa xorijiy davlatlarning institutlari va ilmiy markazlarida faoliyat ko`rsamoqdalar.

Prof.K.A.Tursunmetov tomonidan tayyorlangan darsliklar, o`quv qo`llanmalar va laboratoriya qurilmalari

Fakultetda fizikaviy elektronika sohasidagi ilmiy izlanishlarga XX asrning 30-yillarida professorlar S.V.Starodubtsev, L.N. Dobretsov va G.N. Shuppelar rahbarligida asos solingan. Ular toza metallarning adsorbtsion va emission xususiyatlarini aniqlashni boshladilar. 1936-1960 yillarda G.N.Shuppe, U.A.Arifov, L.N.Dobretsov va S.V.Starodubtsev tadqiqotlari fizikaviy elektronika sohasida dunyoda tan olingan Toshkent maktabini yaratdilar. Dastlab, ular issiq volframda NaCl, KCl va boshqa molekulalarning sirt ionlanishini o`rgandilar. U.A. Arifov va A.X. Ayuxanovlar Ostsillografik usul yordamida ionizatsiya koeffitsienti va bug`lanish issiqligini aniqlashdi hamda SahaLengmyur formulasiga qo`shimchalar kiritishdi. Musbat sirtiy ionlashish bilan birgalikda, G.N.Shuppe, M.D.Yagudaev va Yu.I.Timoxinalar tomonidan manfiy sirtiy ionlanish jarayoni o`rganildi. Bunday ionlanishda atom va molekulalar uchun alohida model yaratildi. G.N. Shuppe, B.G. Smirnov, I.S. Andreev, M.B.Benyaminovichlar monokristall molibden, tantal, reniy va nikellarning chiqish ishlarini turli metodlar yordamida o`rgandilar va turli qirralarda chiqish ishlari turlicha bo`lishini aniqladilar. G.N. Shuppe, X. Xajimuhamedov, V. Sultanov, U. Azizov, Ye.P. Sitaya, R.M. Kadirov, D.N. Vasilkovskiylar turli emitterlarda volfram, tantal, molibdenlarning emission hususiyatlarini o`rgandilar, ularning emission xususiyatlariga vakuum darajasi, tok (doimiy, o`zgaruvchan) temperaturalar ta`sir qilishi aniqlandi. G.N. Shuppe va N.Z. Zokirovlar tomonidan termoelektron emissiya yordamida monokristall volfram sim ustida kislorod, toriy va bariylarni adsorbtsiyasi o`rganildi. Ye.P. Sitaya, E. Imangulova, A.V.Reshetnikova va R.Ya. Kamilovalar doimiy va o`zgaruvchan tok yordamida volfram simining rekristallizatsiyasini o`rgandi va bariyning adsorbtsiya issiqligi aniqlandi. G.N.Shuppe va V.I.Vekslerlar bir qancha o`tkazgichlarda elektronlar va ionlarning ikkilamchi emissiyani o`rgandilar.

Dots.N.Norqulov dars jarayonida

1960 yillardan so`ng Fizikaviy elektronika sohasini rivojlantirishda, prof. V.I. Veksler, dots. N.A. Gorbaty, dots. Sh.A. Alimov, dots. U.V. Azizovlar rahbarlik qilgan guruhlarning xizmati katta bo`ldi. V.I. Veksler rahbarligida dots. A.A.Adilov, prof. V.V.Estifeev, A.A.Avakov, B.A.TSipinyuk, A.Reznik, Z.Boyboboevlar Atom kabi zarralarning qattiq jism bilan o`zaro ta`siri mavzusida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib bordi.
1960-2000 yillar mobaynida N.A. Gorbatiy va U.V. Azizovlar rahbarligida dots. L.V. Reshetnikova, dots. S.H. Po`latova, dots. A.Kashetov, dots. D. Azizova, dots. A. Xakimov, dots. R.Ya. Kamilova, dots. V. Yakubova, prof. K.A. Tursunmetov, prof. I.B. Bo`riboev, dots. S.T. Sobirov, dots. F.N. Rasulov, dots. Sh. Holiqov, ass. A.I.Ibragimov, dots. X.M. Sattorov, dots. R. Abdullaev va katta o`qituvchi Ya. Sagatovlar metallar va ular hosil qilgan qotishmalarning adsorbtsion va emission parametrlari o`rganishi natijasida chiqish ishining qirra va sirt energiyasiga bog`liqligi aniqlandi. Avtoelektron mexanizm to`liq o`rganildi. Ishqoriy va nodir yer elementlari monokristalari sirtida adsorbtsiya va termik ionlanish jarayonlari to`liq tadqiq qilindi. Dots. Sh.A. Alimov rahbarligida dots. V.M. Tartakovskiy, dots. F. Abdulqosimov, dots.A.Maqsudov, A.E. Chernov, dots. N.M. Krilov, dots. R. Yevtuxov qattiq jism sirtini bir vaqtning o`zida tadqiqot etadigan o`ta noyob yuqori vakuumli qurilma yaratdi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Respublikamiz va xorijiy davlatlarga malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda 1957-yilda kafedrada tashkil etilgan Emission elektronika ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining roli katta bo`ldi. Natijada dunyoda tan olingan elektronika sohasi bo`yicha o`tkazilgan bir qator xalqaro ilmiy simpozium va ilmiy anjumanlar tashkilotchisi aynan Fizikaviy elektronika kafedrasi bo`ldi. Fizika fakulteti tarixida birinchi bo`lib Fizikaviy elektronika kafedrasi xorijiy aspirantlarni qabul qildi. V.I. Veksler rahbarligida M.Shams (Afg`oniston) va N.A. Gorbaty rahbarligida N. Mutavadj (Suriya) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Dunyoga mashhur olim Kolligan (Angliya) va S. Karimullo (Afg`oniston) kafedrada stajirovkada bo`ldilar.
Mustaqillik yillarida ham kafedra professor-o`qituvchilari ulug` ustozlar ishini davom ettirmoqdalar. Kafedrada qiyin va oson eriydigan metallar hamda ular asosidagi qotishmalarning adsorbtsion, emission, fotoemission xususiyatlarini hamda elektron strukturasini o`rganish mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy ishlar olib boradigan guruhlarida o`ta yuqori vakuumli noyob qurilmalar yaratilganki, bu qurilmalar yordamida fizikaviy elektronika sohasiga tegishli har qanday tadqiqot ishlarini olib borishga imkon yaratilgan.
Kafedraning barcha professor-o`qituvchilari, aspirantlari, ilmiy hodimlari tadqiqot ishlari bilan shug`ullanadi. Bular prof. I.Bo`riboev, prof. K.A. Tursunmetov, dots. N.Norqulov, dots. N.Nurmatov, dots. G`.Raxmonov, dots. A.Xolov, dots. I.Xamidjonov, katta o`qituvchi Ya.Sagatov, dots. N.Tolipov, ilmiy xodim J.Ishmuradov va boshqalar. Kafedarada ikkita Davlat granti (prof. I. Bo`riboev, dots. N. Norqulov) va 2 tadan xo`jalik shartnomasi (prof. K.A.Tursunmetov, dots. N. Norqulov) asosida ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Prof. K.A.Tursunmetov rahbarligidagi ilmiy guruh tomonidan qotishmalar asosida effektiv emission va antiemission materiallar yaratilishining fizik asoslari va printsiplari yaratildi. Kerkandali effektining qotishmaning yuza tarkibiga, strukturasiga, emission xossalariga ta`siri ko`rsatildi. K.A.Tursunmetov olingan natijalar asosida 3 ta mualliflik guvohnomasi va 2 ta O`zbekiston Respublikasi patenti oldi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida uzoq muddatga chidamli samarador sovuq va termokatodlar yaratildi. O`zbekiston va MDH zavodlarida tantal, volfram, molibden va boshqa monokristallar, jumladan lampa, katod va anodlar kafedra olimlari tavsiya etgan texnologiya bo`yicha ishlab chiqildi. Sh.A. Alimov rahbarligida ishlab chiqarilgan yangi texnologiya va qattiq jismlar sirti tahlil etiladigan zamonaviy noyob universal qurilma optik va integrator ishlab chiqarish korxonasi hamda Rossiyaning bir qancha ishlab chiqarish korxonalar va ilmiy tekshirish institutlarida foydalanilmoqda. Ilmiy ishlar samarasi tufayli prof. V.I. Veksler O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan Fan arbobi unvoniga sazovor bo`ldi. Kafedra 7 monografiya, 20 dan ortiq ixtiro, 2500 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, O`zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarga 2000 tadan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Kafedarada 11 ta doktorlik, 70 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Mustaqillik sharofati bilan kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi Oliy o`quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari, aspirant va doktorantlarni tayyorlash hamda professor-o`qituvchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo`yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish imkoniga ega bo`ldi.
Jumladan, MDU, Moskva energetika instituti (Rossiya) Kiev Milliy universiteti (Ukraina), Boshqirdiston Davlat universiteti-(Rossiya), A.F.Ioffe nomidagi FTI (Sankt-Peterburg, Rossiya), Materialshunoslik muammolari instituti (Ukraina), Fizika va ximiya instituti (Urumchi, Xitoy) hamda boshqa bir qator tashkilot va korxonalar bilan mutaxassislar tayyorlash yo`lga qo`yilgan.
Shuni ta`kidlash lozimki, O`zR FA tasarrufidagi fizika yo`nalishidagi ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlik shartnoma asosida amalga oshirilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o`zining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, O`zR FA siga qarashli Elektronika instituti bilan kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi 2012 yilgacha mo`ljallangan istiqbolli shartnoma asosida ish olib borilmoqda. O`ta zamonaviy eksperimental qurilmalardan va Fizikaviy elektronika yo`nalishidagi moddiy texnika bazasidan hamda salohiyatli olimlar bilimidan mutaxassislar tayyorlashda foydalanish keng yo`lga qo`yilgan.