Ботаника ва ўсимликлар физиологияси кафедраси

Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi 2005 yilda O'simliklar fiziologiyasi kafedrasi va Botanika o'quv-ilmiy markazining qo'shilishidan tashkil topgan. Hozirgi kunda unga biologiya fanlari nomzodi Maxkamov Trobjon Xusanboyevich rahbarlik qilib kelmoqda.

Botanika o'quv-ilmiy markazi 1924 yilda tashkil topgan Yuksak o'simliklar kafedrasi asosida 1995 yilda tashkil qilingan. Yuksak o'simliklar kafedrasining asoschisi va birinchi rahbari professor Mixail Grigoryevich Popov bo'lgan. U kafedraga 1924-1926 yillarda mudirlik qilgan. Keyinchalik kafedraga biologiya fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zR FA akademigi Еvgeniy Petrovich Korovin (1926-1961), biologiya fanlari doktori, professor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zR FA muxbir-a'zosi, Ippolit Ivanovich Granitov (1961-1980), biologiya fanlari nomzodi, professor Hoshim Melievich Ahunov (1980-1995), biologiya fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi O'ktam Pratovich Pratov (1995-2005) rahbarlik qilishgan. 

O'simliklar fiziologiyasi kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan. Kafedraning asoschisi va unga ko'p yillar (1920-1930, 1941-1945) rahbarlik qilgan professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Andrey Vasilyevich Blagoveshenskiydir. Blagoveshenskiy Andrey Vasilyevich 1921 yilda Turkistonda Botaniklar jamiyatini tashkil qilishda faol ishtirok etgan va unga 1921-1930 va 1941-1945 yillar rahbarlik qilgan. Keyinchalik o'simliklar fiziologiyasi kafedrasiga dotsent N.D.Leonov (1945-1948), dotsent P.G.Marsakova (1948-1949), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Nikolay Antonovich Todorov (1949-1973), biologiya fanlari doktori, professor, O'zR FA akademigi Akmaljon Qosimovich Qosimov (1973-1976), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Yuldosh Ahmedovich Ahmedov (1976-1988), biologiya fanlari doktori, professor Karimjon Safarovich Safarov (1988-1997), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Damir Komilovich Asomov (1998-2005) rahbarlik qilganlar.

Kafedraning ilmiy izlanishlari asosan “G`o'zaning fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga sho'rlanishning ta'sirini o'rganish” hamda “O'zbekiston o'simliklar qoplami va noan'anaviy o'simliklarni o'rganish” masalalariga qaratilgan.

Kafedra a'zolari:

1. МАХКАМОВ ТРОБЖОН ХУСАНБОЕВИЧ (Kafedra mudiri)

2. ДАВРОНОВ ҚОДИРЖОН СОТВОЛДИЕВИЧ (профессор)

3. МАТКАРИМОВА АНАРЖАН АБДИКАРИМОВНА (доцент вазифасини бажарувчи)

4. САФАРОВ АЛИШЕР КАРИМДЖАНОВИЧ (доцент)

5. МАХМУДОВА МАМЛАКАТ МИРГАНИЕВНА (доцент вазифасини бажарувчи)

6. АЗИЗОВ ХАМИД ЯРАШЕВИЧ ( катта ўқитувчи)

7. ТУРСУНОВА ШОХИСТА АБДУПАТАХОВНА (катта ўқитувчи)