O'zMU » Yangiliklar » Sharq ayollari timsoli

Ayol - mhribon ona, oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat, siyosat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi zotdir. Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ayollarning hayot davomchisi sifatidagi o’rni qadrlangan, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatilgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida ayollar qadimdan siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotda katta rol o‘ynaganlar. Sharq ayollari ko‘p hollarda dono va adolatli maslahatlari, fikr-mulohazalari bilan saltanat ishlarida faol qatnashgan. Sharq ayoli timsoli hamisha buyuk bo`lgan. To`marislar, Bibixonimlar, Nodirai davronlar tug`iladi bu zaminda. Bu zaminning ayollari iffatu hayoda tngi yo`q, ehtimol, shuning uchun ham asrlar silsilasida ham ularning madhi tillarda doston, dillarda barhayot.Mamlakatimizda o`zbk ayolining o`zi uchun muqaddas bilguvchi oiladagi o`rni, uning farzandlar tarbiyasiga bo`lgan e'tibori, shuningdk jamiyatdagi o`rni har doim muhim hisoblangan. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tirish shart emas. Ne-ne azob-u uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Ra`no, Barchinoy kabi buyuk siymolarning timsoli hali-hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. ayol dunyoni larzaga solguzchi, qalblarni to`lqinlantiruvchi, olamni hayratga soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham sharq ayoli, o’zbek ayoliga xos xususiyatlardan. O`zbek ayoli, o`zbek onasi, mehribon ona, vafodor rafiqa, jamiyatni boshqaruvchisi bir qo`li bilan beshikni, bir qo`li bilan dunyoni tebratuvchidir. Hayotimizni nurafshon etgan saxovatlik, mehr- muxabbatni, barcha olam go`zalliklarini baxshida etguvchi aziz inson ham o`zbek ayolidir. Yurtimizda azaldan ayol zotiga hurmat bilan qaralgan. Mamlakatimiz mustaqilligi bois bu hurmat-e’tibor yanada yuksaldi. Xotin-qizlarimizning ijtimoiy hayotdagi o’rni mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning farmoniga binoan 1999-yil “Ayollar yili” deb nomlanishi ham buning yaqqol ifodasi bo’la oladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni kashf etishda muhim Ana shunday yuksak e’tibor tufayli Prezidentimizning 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni asosida mamlakatimizda ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan davrda o‘zining a’lo bilimi va xulqi, adabiyot va san’at sohasidagi iste’dodini namoyon qilib kelayotgan yuz nafardan ziyod iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda ma’naviy hayotimizda faol ishtirok etib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan bu qizlar timsolida el-yurtimiz kelgusida Zulfiyaxonim kabi Vatanimiz shuhratini dunyoga taratadigan yuksak salohiyat, aql va tafakkur sohibalarini ko‘rishni orzu qiladi. Davlatimiz rahbarining 2007 yil 13 sentabrda qabul qilingan “Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qarori xalqimizning sevimli farzandi, taniqli jamoat arbobiZulfiyaning milliy adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi, betakror ijodiy merosi va ibratli faoliyatining yana bir amaliy e’tirofi bo‘ldi. 2008 yil 1 mart kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykali ochildi. Yurtboshimizning munis va mehnatkash, hayotning har qanday suron va to‘fonlari qarshisida o‘zini yo‘qotmay, sabr-toqat va shukronalik bilan yashaydigan o‘zbek ayoli, o‘zbek shoirasining timsoli aks etishi kerak, degan g‘oyasi O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev ishlagan haykalda to‘la ifoda etilgan. Rspublikamizda har yili o`tkazib klinayotgan "Yil ayoli" milliy tanlovi ana shunday yuksak qadriyatlarimizni yanada kng targ`ib etish, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish kabi qator ustuvor vazifalarni blgilab olgan. Shunday tadbirlardan biri "Yil ayoli" milliy tanlovi sharq ayoli timsolini gavdalantirish, tanlov orqali uning mxribon ona, ajoyib pazanda va go`zal uy bkasi ekanligini,qiyinchiliklarga qaramasdan o`zining ezgu xislatlarini yo`qotmagan, aksincha ularni farzandlariga ham singdirishga harakat qilayotgan sharq ayolini ko`rsatishdan iborat. Viloyatimizda to`rt yildan buyon o`tkazib klinayotgan "Yil ayoli" tanlovi ana shunday talablarga javob bra oladigan oilaning sarishta ayolini aniqlash maqsadida tashkil etildi.Tanlov yakuniga ko`ra Yangir shahridan ishbilarmon Gulchhra Jonjigitova birinchi o`rinni egalladi va tanlovning rspublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni kashf etishda muhim Ana shunday yuksak e’tibor tufayli Prezidentimizning 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni asosida mamlakatimizda ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan davrda o‘zining a’lo bilimi va xulqi, adabiyot va san’at sohasidagi iste’dodini namoyon qilib kelayotgan yuz nafardan ziyod iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda ma’naviy hayotimizda faol ishtirok etib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan bu qizlar timsolida el-yurtimiz kelgusida Zulfiyaxonim kabi Vatanimiz shuhratini dunyoga taratadigan yuksak salohiyat, aql va tafakkur sohibalarini ko‘rishni orzu qiladi. Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasida xotin-qizlar soni ikki yarim-uch baravar ortdi. 2 nafar ayollar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligigaga, 1 nafar ayol O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga, 11 nafar ayollar xalq deputatlari viloyat kengashiga, 94 nafar ayollar shaharlar, tumanlar kengashlariga deputat etib saylanganligi ularning davlat boshqaruvida faol ishtirok etayotganligidan dalolatdir. Ayollarimizning sharqona hayo, ibolari kiyinish madaniyatida ham aks etishini hisobga olib viloyat xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan so’nggi uch yilda milliy liboslar targ’ibotini kuchaytirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bu borada viloyat miqyosida “Liboslarda qadriyat aksi”, “Asl liboslar” ko’rik-tanlovlari, mustaqillik bayrami oldidan o’tkazilgan milliy liboslar oyligi tadbirlari, viloyat olima ayollari ishtirokidagi “Salomatlik gigiyenasi va kiyinish madaniyati” mavzusidagi davra suhbatlari ham ijobiy natija berdi Fidoyi ayollarimizning samarali mehnatlari Yurtboshimiz va Respublika tomonidan munosib taqdirlanib borilmoqda.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan fa’n, ta’lim, sog’liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviyaxborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlarining bir guruhi mukofotlandi. Taqdirlanganlarning orasida sharq ayollari timsolida o’z mehnati natijasi o’laroq yuksaklarga ko’tarib oliy unvonlar bilan mukofotlandilar.Birgina misol, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati,yoshlarni sog’lom va barkamol etib tarbiyalashda o’z hissasini qo’shgan Abulqosimova Zuhra Pirnazarovna “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2012-yil “Mustahkam oila yili” deb nomlanishi ham bejiz emas. Zero, oila-kichik jamiyatdir.Shunday ekan, mana shu jamiyatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning har tomonlama ytuk inson bo`lmog`i, unda voyaga tayotgan yosh avlodni klajakka munosib tarzda tarbiyalash muhimdir. Bunda esa o’zbek ayolining roli beqiyosdir. Bugungi kun o`zbk ayoli har taraflama o`rnak bo`lishga erishmog`i lozim. Ayni paytda zamon bilan hamnafas, oilasi va jamiyat uchun ham birdk kamarbasta bo`layotgan ayollar oramizda ko`pchilikni tashkil etadi. Bunday ayollarimiz turli tanlovlarda xam ishtirok etib, iqtidorlarini yanada to`laqonli namoyon etishga erishmoqdalar.