O'zMU » Yangiliklar » O’zMU rektori interfaol qabulxonasini tashkil etdi

      Universitet rektorining tashvishi ko’p.

      Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida keng ko’lamda modernizasiyalash ishlari olib borilmoqda.

 

Batafsil

 

      Rektorni kabinetda tutib bo’lmaydi. Goh “Botanika bog’i”da, goh talabalar turar-joyida, goh fakultetlarda uchratish mumkin.

Yangi g’oyalar tinimsiz harakatni talab qiladi.

 

Batafsil

 

      Shuning uchun ham rektor qabulxonasida uni kutib o’tirish ko’p holatda natija bermaydi.

      Murojaatchilarning arz-dodini eshitish uchun universitet veb-saytida tashkil etilgan virtual qabulxona bu muammoning yaxshi yechimidir.

 

Batafsil

 

      O’zMU axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Siz info@nuu.uz pochtasi orqali murojaat qilishingiz va to’g’ridan-to’g’ri rektor bilan muloqot qilishingiz mumkin.

      Mabodo siz rektor qabulxonasiga shaxsiy masala yoki taklif bilan keldingiz-u u kishi bilan shaxsan uchrashishning imkoniyati topilmasa aslo xafa bo’lmang. Buning ham yo’li o’ylab qo’yilgan. Universitet rektori qabulxonasiga kirish joyida o’rnatilgan kompyuterdan rektorning shaxsiy pochtasiga xabar qoldirishingiz mumkin. Ushbu pochta konfidensial bo’lib, har kuni kechqurun rektorning shaxsan o’zi o’qib, siz qoldirgan telefon yoki elektron pochta orqali siz bilan aloqa o’rnatadi.