O'zMU » Yangiliklar » O’zMUga O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor tayinlandi

      Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga O’quv ishlari bo’yicha prorektor etib Agzamov Fayzulla Saidakbarovich tayinlandi.

      U 1977 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug’ilgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot va Toshkent Axborot texnologiyalari universitetlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisod va telekommunikasiya sohalari bo’yicha mutaxassis. Iqtisod fanlari nomzodi. 3 ta darslik va 6 ta o’quv qo’llanmalari hammuallifi. Oilali, uch farzandning otasi.

 

 

      – Bugungi axborotlashgan jamiyatda talabalarni interfaol usulda o’qitish, elektron ta’lim tizimini yanada takomillashtirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda,– deydi Fayzulla Agzamov.– Milliy universitetda shu kunga qadar bu borada ulkan vazifalar amalga oshirilgan. Galdagi vazifamiz – ana shu zamonaviy ta’lim tizimini yanada rivojlantirib borishdan iborat. Buning uchun har bir pedagog xodimdan ham, talabalardan ham kommunikasiya texnologiyalarini puxta bilishi, yetarli darajada bilim va malakaga ega bo’lishi talab etiladi.

      Ayni paytda O’zbekiston Milliy universitetida o’qitish jarayonini jahon andozalariga mos ravishda rivojlantirish uchun ilg’or mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalaridan tortib darsliklarigacha o’rganish va andoza olish jarayonlarini yanada jadallashtirish borasida qator rejalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

O’zMU Axborot xizmati