O'zMU » Yangiliklar » O`zMUning “Humo” teatr studiyasi g`alabasi

      Talaba-yoshlarini san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o`z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Milliy universitetida “Humo” teatri studiyasi tashkil etilgan.

 

 

      Bu teatr studiyasi jamoasi 2016 yil 14 aprel kuni Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutida festivalning saralash bosqichida ishtirok etdi.

      Mazkur saralash bosqichida “Humo” teatr studiyasi Jon Batist Poklen Molerning “Tartyuf” komedik sahna asarini namoyish etdi.

      Teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga O`zbekiston Milliy universitetining “Humo” teatr studiyasi jamoasi munosib ko`rildi.

      Teatr festivalida spektakllar ta’lim sohasidagi islohotlar, tinchlik, ogohlik, hozirgi davrda yoshlarga berilgan imkoniyatlar bo`yicha masalalr ochib berilgan.

 

      Universitetimiz jamoasida Kimyo, Jurnalistika, Geologiya va geografiya, Ijtimoiy fanlar, O`zbek filologiyasi talabalari faol ishtirok etdilar.

Festival Nizomiga ko`ra “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga O`zbekiston Milliy universiteti jamoasi hududiy bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

 

Yorqinoy Ismonova,

O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi