O'zMU » Yangiliklar » O’zMU talabalari “Universiada – 2016”ga munosib hozirlik ko’rdilar

      Talabalik – oltin davri bo’lgan yigit-qizlar uchun sport musobaqalari o’ziga xos bayramdir.

      Sport oilada, jamiyatda sog’lom muhit qaror topishi uchun o’ziga xos zamin bo’lib xizmat qiladi. Sport O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’yini yanada oshirish, nufuzini yanada yuksaltirish uchun imkoniyat yaratadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “yurtimizda shakllangan, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o’yinlarini o’z ichiga olgan uch bosqichli noyob tizimning bamisoli qudratli to’lqinga aylanib, million-million bolalarimizni o’z safiga qamrab olayotgani, ularning ham jismoniy, ham ma’naviy sog’lom bo’lib ulg’ayishi uchun xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Ayniqsa, bu tizimning yuqori bosqichi bo’lgan Universiada musobaqalari yoshlarimiz uchun tom ma’noda chiniqish va kamolot maktabiga aylangani e’tiborlidir”.

 

 

      2007 yilda Toshkentda, jumladan, “Yoshlik” Talabalar shaharchasida oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkazilgan Universiada o’yinlari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti yosh sportchilari hayotida o’chmas iz qoldirgan edi. Shundan buyon O’zMU sportchi talabalari navbatdagi Universiadalarni o’zgacha ishtiyoq bilan kutib oladilar. Chunonchi, ular 2010 yili Andijonda, 2013 yili Buxoro viloyatida o’tkazilgan musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erishganlari bilan faxrlanadilar.

 

 

      26-29 may kunlari Farg’ona shahrida o’tkaziladigan navbatdagi “Universiada – 2016” musobaqalariga ham shunday qizg’in hozirlik ko’rildi. Avvalo bu sport bayrami haqida talaba-yoshlar o’rtasida keng targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Unga tayyorgarlik asnosida sport musobaqalarining 1-bosqichi O’zMU fakultetlari o’rtasida o’tkazildi.

      Qiziqarli o’tgan musobaqalarda qo’l to’pi (gandbol) bo’yicha o’g’il bolalar va qizlar jamoalarida 132 nafardan, basketbol bo’yicha o’g’il bolalar va qizlar jamoalarida 110 nafardan, futbol (o’g’il bolalar) bo’yicha 165 nafar, tennis bo’yicha 8 nafar, stol tennisi bo’yicha 22 o’g’il bola, 11 nafar qizlar, yengil atletika bo’yicha 132 nafar, yakka kurash bo’yicha 44 nafar, shaxmat bo’yicha 22 nafar o’g’il bolalar, 11 nafar qizlar, og’ir atletika bo’yicha 22 nafar, boks bo’yicha 15 nafar, taekvondo bo’yicha 15 nafar, suzish bo’yicha 15 nafar talabalar ishtirok etdilar.

 

 

      Talabalarga g’oyat ko’tarinki ruh baxshida etgan sport musobaqalarining 2-bosqichi yanada qiziqarli va hayajonli tarzda o’tdi. Unda qo’l to’pi (gandbol) bo’yicha o’g’il 10 nafardan o’g’il bolalar va qizlar, basketbol bo’yicha 8 nafardan o’g’il bolalar va qizlar, futbol bo’yicha 22 nafar, tennis bo’yicha 2 nafar, stol tennisi bo’yicha 4 nafar, yengil atletika bo’yicha 20 nafar, erkin kurash bo’yicha 3 nafar, yunon-rum kurashi bo’yicha 3 nafar, shaxmat bo’yicha 4 nafar, og’ir atletika bo’yicha 5 nafar, dzyudo bo’yicha 4 nafar, boks bo’yicha 2 nafar, taekvondo bo’yicha 4 nafar, suzish bo’yicha 7 nafar sportchi talabalar ishtirok etdilar.

 

      Mazkur musobaqalar natijalariga ko’ra Milliy universitet jamoalari quyidagi o’rinlarni egalladilar:

      Gandbol (erkaklar) – II-o’rin;

      Gandbol (ayollar) – II-o’rin;

      Basketbol (erkaklar) – III-o’rin;

      Basketbol (ayollar) – II-o’rin;

      Voleybol (erkaklar) – VI-o’rin;

      Voleybol (ayollar) – IX-o’rin;

 

 

      Shaxmat bo’yicha Matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Bobur Sattorov I-o’rin;

      Taekvondo bo’yicha Geografiya va geologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Hayitova (49 kg) III-o’rin;

      Og’ir atletika bo’yicha Bekzod Hasanboyev (77 kg), Muhiddin Xoldorov (85 kg), Olmos Ortiqov (94 kg) III-o’rin;

      Futbol – IX-o’rin;

      Suzish – XIII-o’rin;

      Stol tennisi – XI-o’rin;

 

 

 

      Dzyudo – V-VIII-o’rinlar;

      Erkin kurash – V-VIII-o’rinlar;

      Yengil atletika – II-o’rin.

      Shu tariqa Farg’ona viloyatida o’tkaziladigan “Universiada-2016” sport musobaqalarining final bosqichida O’zMU sportchi talabalaridan shaxmat bo’yicha Bobur Sattorov, gandbol bo’yicha                 Rustam Sobirjonov va Iroda Valijonova, basketbol bo’yicha Shahnoza Haydarova va Uchqun Aktamovlar Toshkent shahri terma jamoalari tarkibida qatnashish huquqini qo’lga kiritdilar.

      Barcha sportchi talabalarimizga omad tilab qolamiz.  Universiada 2016

 

O’zMU Axborot xizmati