O'zMU » Yangiliklar » Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi

1.Qabul to'g'risida umumiy ma'lumot

  • Hujjatlar qabul qilish muddati: 2016 yil 20 iyundan 20 iyulga qadar
  • Test sinovlari o'tkaziladigan muddat: 2016 yil 1 avgust
  • Qabul komissiyasi ish tartibi: Dushanba - Shanba (9:00-18:00)
  • Qabul komissiyasi telefonlari: (+99871) 246-08-94
  • Qabul komissiyasi elektron manzili: qabul@nuu.uz

2. Abiturientlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etadigan hujjatlar to'plami:

  • Ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza;
  • O'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
  • Fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblariga o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;
  • O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolar harbiy qism qo'mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.
  • Papka (skorosshivatel) 1 dona, konvert 1 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

3. Abiturientlar uchun qabul jarayonlariga oid ma'lumotlar:

  • Test sinovlari jarayonlarida qatnashish uchun abiturientga eslatma
  • Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari to'g'risida ma'lumot
  • 2016/2017 o'quv yilida ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qabul kvotasi
  • O'tgan o'quv yili test sinovlari natijasi bo'yicha kirish ballari
  • Test sinovlarini topshirish fanlari
  • Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish
  • Qabul komissiyasi tarkibi

4. Qabul komissiyasiga arizalar tushish jarayoni va maslahatlar

  • Qabul monitoringi
  • Maslahatlar jadvali