O'zMU » Yangiliklar » Mukofotlar muborak bo‘lsin!

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini barcha ziyolilari qatori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ham cheksiz quvonch va hayajon bilan kutib oldilar.

          Ushbu Farmonga binoan, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Fotonika” kafedrasi professori Valiev Uyg‘un Vohidovich “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni bilan taqdirlangan!

O‘zMU jamoasi professor Valiev Uyg‘un Vohidovichni Vatanimizning ushbu yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etadi.

 

O‘zMU Axborot xizmati