O'zMU » Yangiliklar » O‘zbekiston Milliy universiteytining Axborot-resurs markazida “EBSCO” ilmiy-ma’rifiy bazalaridan foydalanish bilan tanishtiruvchi trening bo‘lib o‘tdi

        2016 yil 17 avgust kuni O‘zbekiston Milliy Universitetining axborot-resurs markazida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, o‘qituvchilar uchun “EBSCO” kompaniyasining ilmiy-ma’rifiy bazalaridan foydalanish bilan tanishtiruvchi treningi bo‘lib o‘tdi.

         Trening maqsadi – axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini ilmiy ta’lim manbalari bazalari bilan tanishtirish, dunyo ilmiy ta’limiy resurslaridan O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarida samarali foydalanishni ta’minlash kabi dolzarb muammolarning echimini topish.

EBSCO kompaniyasi koordinatori Irina Kreytsarova kompaniyaning maqsadlari va vazifalari bilan tanishtirdi. U ilmiy-ta’limiy bazalar va ularda mavjud resurslarga bepul kirish imkoniyatini beruvchi ko‘makchilar, zarur axborot resursini tezkorlik bilan topish, ularni yuklab olish va to‘la matnda o‘qish imkoniyatini berishi, shuningdek, tadqiqotchilar uchun mavjud qulayliklar, etakchi ilmiy jurnallar va ilmiy to‘plamlar haqida gapirib berdi.

          Ushbu treningda Toshkent shahridagi оliy ta`lim muassasalirining 60dan ziyod axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, o‘qituvchilar  va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.