O'zMU » Yangiliklar » Qalblarga muhrlangan Xotira darsi

               O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan darslar qalblarga muhrlanib qolmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan “Xotira darsi” ham tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

             Dars avvalida tinglovchilar bir daqiqa sukut saqlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini yodga oldilar.

Tarmoq (mintaqaviy) markazi direktori Bahodir Xolboev, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Uyg‘un Valiev, dotsentlar Rahima SHirinova, Muzaffar Ortiqov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov faoliyati davomida amalga oshirgan dono siyosati, beqiyos ezgu ishlari, ayniqsa, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va uning malaka oshirish tizimini mustaqkamlash borasidagi ulug‘vor sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladilar.

            – SHu kungacha davlatimiz rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan Islom Karimov ta’lim sohasiga, ayniqsa, Milliy universitetimizga alohida e’tibor bilan qarardi,– dedi Tarmoq (mintaqaviy) markazi direktori Bahodir Xolboev.– 1995 yil 14 sentyabr kuni Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi va 2000 yil 28 yanvarda “O‘zbekiston Milliy unversiteti” maqomi berilishi tarix zarvaraqlariga zarhal harflar bilan bitilgandir. Prezidentimizning 2008 yil 9 apreldagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 90 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan bu o‘quv dargohining yubileyi katta tantanalar bilan nishonlanganini hamisha g‘urur va iftixor bilan eslaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida oliy ta’lim rivojining jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini tubdan oshirish, Milliy universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, o‘quv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy aloqasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu vazifalarni sharaf bilan ado etamiz albatta.

             – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini barcha ziyolilari qatori Milliy universitetimiz jamoasi ham cheksiz quvonch va hayajon bilan kutib oldilar,– dedi O‘zMUning “Fotonika” kafedrasi professori Uyg‘un Valiev.– Ushbu Farmonga binoan, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun degan ilhombaxsh so‘zlar bilan menga ham “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni berilgani hayotimdagi eng yorqin sahifa bo‘lib qoladi. SHu bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Abdurahim Abdushukurov, Tarix fakulteti professori Rahbarxon Murtazaeva, Ijtimoiy fanlar fakulteti professori Ma’rifat G‘anieva, Xorijiy filologiya fakulteti kafedra mudiri Rahima SHirinova, Biologiya fakulteti dotsenti Boqijon Mo‘minov, Geologiya va geografiya fakulteti dotsenti Mirali Mirakmalov, Matematika fakulteti katta o‘qituvchisi Abdug‘afur Jamirzaev, Ijtimoiy fanlar fakulteti kafedra mudiri Bahodir Husanov, Tarix fakulteti katta o‘qituvchisi, O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov, Fizika fakulteti laFizika fakulteti laboratoriya mudiri SHarifa O‘tamurodova kabi fidoyi hamkasblarimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangani ham barchamizning qalbimizda faxr va iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdirgan edi. Milliy universitetimizga ko‘rsatilgan bu sharafli va g‘oyat yuksak ehtiromni barchamiz yanada faol mehnat qilish, munosib kadrlar tayyorlash bilan oqlayveramiz.

              Tinglovchilar va boshqa so‘zga chiqqanlar Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, butun jahonda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida mangu qolayotganini eslab o‘tdilar.

 

To‘lqin ESHBEK,

O‘zMU Axborot xizmati rahbari