O'zMU » Yangiliklar » Qalbimizda mangu yashaysiz O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga

 

YUrtim yo‘lboshchisi, Sarbon edingiz,

Millionlab dillarni xushnud etdingiz.

Bugun kelib ey voh tashlab ketdingiz,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Vatan kelajagin kunu-tun o‘ylab,

Har go‘sha, manzilga bordingiz bo‘ylab.

Minglab davralarda charchamay so‘ylab,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

YOsh avlodga doim qanot bo‘ldingiz,

Ularni o‘ylabsiz sabot bo‘ldingiz.

G‘alabasin ko‘rganda dildan kuldingiz,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Sizga ajdodlardan meros qat’iyat,

Hech kimda yo‘q sizdagi ajoyib sifat.

Dilingiz pokligi yana bir jihat,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

YUragingiz doimo yurtim deb urdi,

Suronli yillarda  u sergak turdi.

Ajdodlar orzusin avlodlar ko‘rdi,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Jahon maydonida porlagan quyosh,

O‘g‘lonlari zafardan qildilar ko‘z-yosh.

Ta’zim qilar sizga qpncha keksa-yosh,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Vatanga chin baxtni yo‘llagan inson,

Otamdek edingiz dil yig‘lar chunon.

Siyratingiz ketmas dildan hech qachon,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

YAratgan himmati berilgan taqdir,

Xizmatingiz ila kelajak naqddir.

YOshlarning qalbida shijoat – ahddir,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Millionlab yuraklar bugunda vayron,

Tabiat ham bunga bo‘lmoqda hayron.

Nola qilar hattoki tog‘dagi jayron,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Rahmatlar aytamiz oxirat qadar,

Millatga bo‘ldingiz chin asl – padar.

Ming asr o‘tsa-da qolgay bu xabar,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Ko‘ngilga kirmoqlik eng oliy sharaf,

Xalqimiz doimo bo‘ldi siz taraf.

Xotirangiz abadiy tarixiy sadaf,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Har aytgan so‘zingiz ma’noga bisyor,

Millatning dilida bordir g‘urur-or.

Sizsiz nola qilar samodagi sor,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Iqtisodu-siyosat chin bilimdoni,

Mamlakat g‘amxo‘ri edingiz joni.

Bezadingiz baxt-la uning har oni,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Ilmu fanga mudom berdingiz madad,

Ajdodlar ruhlari shoddur beadad.

Mustahkam qildingiz chegara-sarhad,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Elkangizda bor edi ikki farishta,

Qo‘llab turar edi sizni har ishda,

Joyingizni qilsin Olloh behishtda,

Qalbimizda bir umr mangu yashaysiz!

 

Yo‘lchi Ro‘ziev,

O‘zMU Oliy jurnalistika kursi 2-bosqich magistranti