O'zMU » Yangiliklar » Xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda

Dunyo bilan bo‘ylashmoq uchun uning cho‘qqisiga aylangan sohalarni mukammal egallamoq lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bosh ilmiy-metodik markazida tashkil etilgan trenerlar tayyorlash kurslari mashg‘ulotlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida davom ettirildi.

Respublikamiz tayanch oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan O‘zMUda ham qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilayotgan professor-o‘qituvchilar mazkur kurslarda bilim va malakalarini oshirdilar.

Mashg‘ulotlarda ayniqsa Janubiy Koreya, YAponiyalik olimlarning ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Men Janubiy Koreyalik professor Kong YOng Kunning ma’ruzasi orqali ushbu mamlakat oliy ta’lim tizimi haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim,– deydi Jurnalistika fakulьteti dotsenti YUsufjon Hamdamov.– Xorijlik professorning so‘zlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga juda mahorat bilan tarjima qilib turgan markaz direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi Bahodir Xolboevdan ham minnatdormiz.

Aytish joizki, Mintaqaviy markazda professor-o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlarini ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliy o‘qitishning interaktiv usullaridan, elektron darsliklar hamda mulьtimedia vositalaridan unumli foydalangan holda olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bularning barchasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tobora oshirib borishga xizmat qiladi.

 

O‘zMU Axborot xizmati