O'zMU » Yangiliklar » Talabaning ma’naviy olami

Kelgusida baxtli inson bo‘lib kamolga etishni istagan talaba hozirdanoq hayotga katta-katta uchta ma’naviy ildiz otmog‘i lozim.

Bu ildizlarning birinchisi – haqiqiy Inson bo‘lish! Ikkinchisi – etuk kadr va chinakam mutaxassis bo‘lib etishish! Uchinchisi – kelgusida baxtli oila qurish uchun munosib umr yo‘ldoshini tanlash va chin sevgisiga erishish! Bu ulug‘vor g‘oyalar atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romanida g‘oyat qiziqarli va ta’sirchan bir tarzda ifoda etilgan.

YUrtimiz mustaqillikka erishganidan buyon yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buni birgina O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni misolida ham ko‘rish mumkin. Mazkur qonunda belgilab qo‘yilganidek, “yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi”dir.

Matematika fakulьteti 1-bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov va Axborot xizmati rahbari To‘lqin Eshbek bu mavzuda atroflicha so‘z yuritdilar.

Darhaqiqat, kamolga etayotgan har bir yigit-qiz bilimli, o‘qimishli va etuk inson bo‘lib voyaga etmog‘i lozim. Buning uchun ular fanlarga oid adabiyotlar bilan bir qatorda badiiy asarlar, gazeta-jurnallarni ham muttasil mutolaa qilib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Talaba kiyinish madaniyati, odobi bilan ham boshqa tengqurlariga namuna ko‘rsatib yurishi lozim.

– Men talabalarga darsni boshlashdan avval har gal ma’naviyat, odob-axloq haqida so‘z yuritaman,– deydi atoqli olim, Kimyo fakulьteti professori Tuyg‘un Boboev.– Dunyoga dovruq solgan buyuk allomalarimiz qanday kashfiyotlar qilishidan qat’i nazar avvalo ma’naviy etuk insonlar bo‘lganlarini juda yaxshi bilamiz. Demoqchimanki, har bir murabbiyning darsi avvalo ma’naviyatdan boshlanishi maqsadga muvofiqdir.

 

Erkin USMONOV,

O‘zMU gazetasi muxbiri