O'zMU » Yangiliklar » Malaka oshirish tizimi takomillashmoqda

Mamlakatimizda yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning ilmiy salohiyati va amaliy tajribasi ish beruvchining talablariga, ta’bir joiz bo‘lsa, raqobatbardoshligiga muvofiq bo‘lishi talab etilmoqda. Bu darajadagi etuk kadrlarni etishtirish uchun ularga saboq berayotgan professor-o‘qituvchilar nafaqat bilimli, zakovatli, shu bilan bir qatorda, notiq, tadbirkor, ijodkor bo‘lishi talab etiladi. Ular axborot texnologiyalaridan xabardor, mulьtimediya vositalarini qo‘llab dars bera oladigan darajada bo‘lmog‘i, xorij tillarini mukammal bilmog‘i, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olmog‘i lozim. 
Ana shunday o‘qituvchilar ta’limini olishgan talabalar kelgusida etuk kadr va mutaxassis bo‘lib etishishiga umid qilsa bo‘ladi. Ular kelgusida jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar. Demak, o‘qituvchilar salohiyati bevosita kelajakka daxldor masala bo‘lib, bugun uni hal etish borasida bir qator amaliy harakatlar qilinmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish – etuk kadrlar tayyorlash jarayonining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda bu borada qator vazifalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy markazi tashkil etilgan. Mazkur markazda bugungi kunda qator vazifalar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Markazda ta’lim jarayoni yangi metodik baza asosida yo‘lga qo‘yilgan. Binobarin, malaka talablarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida yuqori samarali, zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar keng joriy etilmoqda. SHunga monand o‘quv rejalari, dastur va uslublari tubdan yangilandi. O‘quv dasturlari, yangi o‘quv-uslubiy majmualar xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda yaratildi. 
Respublikamizda 2020 yilga qadar fan yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy adabiyotlarni markazlashgan holda sotib olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada qator imtiyozlar joriy etilgan. 
Markazimizda shu kunga qadar 28 ta xorijiy adabiyot tarjima qilinib, ekspertlar ko‘rigidan o‘tkazildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona hamda O‘zbekiston Milliy universiteti axborot-resurs markazlari umumiy tizimi asosida mazkur adabiyotlardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. 
Markazimizda biologiya, kimyo, fizika, jurnalistika, geologiya, geofizika, matematika, amaliy matematika va mexanika kabi sakkizta fan yo‘nalishlari bo‘yicha yangi talablar asosida o‘quv dasturlari yaratildi, o‘quv rejalariga 49 ta yangi modullar (fanlar) kiritildi, o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib xorijiy mutaxassislarining taqrizlari olindi. 
Dasturlarda oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg‘or texnologiyalar va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‘i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish masalalari o‘z ifodasini topgan. 
Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir fanning dolzarb masalalaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarning maxsus fanlar doirasidagi bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarini takomillashtirilishi ko‘zlangan. 
Prezident farmonida “...xorijiy mutaxassislar, o‘quv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun keng jalb etish” vazifasi belgilab qo‘yilgan edi. SHunga monand AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya, Angliya, YAponiya va Janubiy Koreya mamlakatlarining reytingi yuqori bo‘lgan universitetlari professorlari va mutaxassislari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish bilan bir qatorda amaliy tajriba almashishda ham ishtirok etishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. 
SHu yil 22 avgustdan 10 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazida oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etildi. Bu dargohda mashg‘ulotlar yuksak saviyada o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra mashg‘ulotlar O‘zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida davom ettirildi. 
Mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyalik professor Kong YOng Kun, yaponiyalik olim CHikaxiro Minova, “Keio” universiteti professori Naoya Usuda hamda Osaka Siti universiteti professori Nakamura Katsuxiro ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. 
Xorijlik olimlar jahon andozalariga mos ta’lim amaliyoti, tizimi, ilg‘or texnologiyalari va AKT zamonaviy usullari, o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berdilar. Ularning so‘zlarini markaz direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi Bahodir Xolboev ingliz tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib turdi. Mazkur trening kurslari qizg‘in bahs-munozara, savol-javoblarga boy bo‘ldi. Milliy universitetning 42 nafar professor-o‘qituvchilari ushbu kursda bilim va malakalarini oshirib, maxsus sertifikat oldilar. Joriy yilning sentyabr oyidan e’tiboran professor Kong YOng Kun O‘zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy markazi direktor o‘rinbosari sifatida o‘z faoliyat boshladi. 
Ustozlar ustozi bo‘lish o‘ziga xos malaka va tajribani taqoza qiladi. Ayni damlarda Markazda andragogika (kattalar ta’limi) sir-asrorlaridan boxabar malakali 59 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 13 nafari fan doktori, professorlar, 39 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 7 nafari o‘qituvchilar. Ular orasida xorijda ta’lim olganlar ham bor. Ilmiy pedagogik salohiyat 88 foizni tashkil etadi. 
Tinglovchilarning dars jarayonlari haqidagi fikr-mulohazalari ijtimoiy so‘rovnoma shaklida doimiy ravishda o‘rganilib boriladi. 
Fransuz yozuvchisi J. Juberning “O‘qitish, ikki barobar o‘qish demakdir” degan fikri dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugun auditoriyalarda talabalarga bilim berish uchun o‘qituvchi doimiy o‘qib-o‘rganishi taqozo etilmoqda. Zotan, professor-o‘qituvchilarining ta’lim olishlari uchun markazimizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Ular asosiy ishdan ajralgan holda 2 oy (288 soat) mobaynida o‘z malakalarini oshirmoqdalar. 
Tinglovchilarga Davlat namunasidagi sertifikat baholash mezonlari hamda o‘quv mashg‘ulotlaridagi faolligi asosida, tegishli malaka oshirish dasturi bo‘yicha 60 va undan yuqori reyting ballarini to‘plagan (100 ballik tizimda) tinglovchiga beriladi. Qo‘yilgan talablarni bajarmagan tinglovchiga esa malaka oshirish kursida qatnashganligi haqida ma’lumotnoma berilib, oliy ta’lim muassasasiga o‘rnatilgan tartibda xabar yuboriladi. 
Markaz tomonidan joriy etilgan yangi modul tizimi pedagoglarning malaka oshirish jarayonlari sifatini ular tomonidan o‘qitiladigan fanlardan talabalarning bilim darajasini baholash natijalari asosida aniqlash imkoniyatlarini beradi. Endilikda malaka oshirgan pedagogning faoliyatiga baho berish orqali malaka oshirish jarayonlari sifatini tahlil qilish va takomillashtirish imkoniyati shakllanmoqda.
Bugungi ta’lim jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Zero, ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Markazda masofadan o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy anjumanlar, o‘quv-seminarlar, video-konferensiyalarni on-layn shaklida bevosita ko‘rish va ularda ishtirok etish imkoniyati mavjud. 
Markazimizning moddiy-texnik bazasi mustahkamlangan. YA’ni, 9 ta o‘quv va 2 ta kompьyuter xonalari, 4 ta interaktiv proektor, 9 ta videoproektor, 1 ta elektron doska va yuqori tezlikka ega optik tolali, zamonaviy videokonferens-aloqa vositasi malaka oshiruvchilar ixtiyorida. 80 ta kompьyuter internet tarmog‘iga ulangan. Prezident Farmonida ta’kidlangan “Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi” talabi Markazda tashkil etilgan ta’lim jarayonida inobatga olingan va to‘liq ta’minlangan.
Eng samarali investitsiya bu ta’limga yo‘naltirilgan investitsiya. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekiston byudjetidan ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani, mamlakat umumiy yillik byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgani chet ellik mutaxassislar tomonidan ham yuksak baholanmoqda. 
O‘zbekistonning ijtimoiy va gumanitar sohalarda rivojlanish borasidagi yutuqlari boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etilmoqda. Mintaqaviy markazimiz tomonidan olib borilayotgan mazkur ishlar jamiyatimiz kelajagi uchun qilinayotgan xayrli tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda. 
Dilbar Isajonova, 
O‘zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (tarmoq) mintaqaviy markazi bo‘lim boshlig‘i