O'zMU » Yangiliklar » O‘zMUda “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun mohiyati o‘rganilmoqda

YOsh avlodning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi “Axborot soatlari” mashg‘ulotlari mavzui O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.

– 2016 yil 15 sentyabrda kuchga kirgan mazkur qonunda hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yilgan,– deydi O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov.– Jamiyatimizning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarning huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liq ekan, bu qonun mohiyatini har bir talaba teran anglamog‘i lozim. E’tibor bersangiz, qonunda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ va muassasalarning vazifalari, vakolatlari hamda javobgarligi belgilab qo‘yilgan. Ular zimmasiga yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan talablar, normativ-huquqiy hujjatlar shak-shubhasiz ijro etilishini ta’minlash, huquqiy targ‘ibotga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilgan. Bu vazifalarni to‘laqonli amalga oshirilishi uchun mutasaddilar ham, qonun iste’molchilari ham uning mazmun-mohiyatini teran anglab olmog‘i lozim.“Axborot soatlari” mashg‘ulotlarida talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mufassal javoblar oldilar.

 

O‘zMU Axborot xizmati

***

 

O`zMUda “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonun mohiyati o`rganilmoqda  

 

Yosh avlodning ququqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir.

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida navbatdagi “Axborot soatlari” mashg`ulotlari mavzui O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to`qrisida”gi qonuni moqiyatini o`rganishga bag`ishlandi.

 

– 2016 yil 15 sentyabrda kuchga kirgan mazkur qonunda hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari mustahkamlab qo`yilgan,– deydi O`zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov.– Jamiyatimizning demokratiya yo`lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi isloqotlarning samarasi ko`p jiqatdan mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarning huquqiy madaniyati darajasiga bog`liq ekan, bu qonun mohiyatini qar bir talaba teran anglamog`i lozim. E’tibor bersangiz, qonunda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ va muassasalarning vazifalari, vakolatlari hamda javobgarligi belgilab qo`yilgan. Ular zimmasiga yoshlarga oid davlat siyosatini ro`yobga chiqarish, ta’lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan talablar, normativ-huquqiy hujjatlar shak-shubhasiz ijro etilishini ta’minlash, huquqiy targ`ibotga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilgan. Bu vazifalarni to`laqonli amalga oshirilishi uchun mutasaddilar ham, qonun iste’molchilari ham uning mazmun-moqiyatini teran anglab olmog`i lozim.“Axborot soatlari” mashg`ulotlarida talabalar bu borada o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mufassal javoblar oldilar.

 

O`zMU Axborot xizmati