O'zMU » Yangiliklar » Talabalarning huquqiy bilim va madaniyati yuksalmoqda

Ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi hisoblanmish talaba-yoshlar yangi qonunlar mazmun-mohiyatini puxta o‘rganib borishlari lozim.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi “Axborot soatlari” mashg‘ulotlari mavzui O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri)mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.

– E’tibor bergan bo‘lsangiz yangi qabul qilinayotgan har bir qonunda ta’lim, ilm-fan masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda,– deydi O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov bo‘lg‘usi biologlar bilan oshkora muloqotda.– Aytaylik,2016 yil 19 sentyabrda kuchga kirgan mazkur qonunning40-moddasi “Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun foydalanish” deb nomlanib, unda hayvonot dunyosi ob’ektlaridan hayvonot dunyosini o‘rganish hamda saqlab qolish maqsadida ilmiy va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun yil davomida, shu jumladan baliq ovlash taqiqlangan davrda foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda yo‘l qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan. Demak, talabalarimiz, yosh tadqiqotchilar har bir mavzuning huquqiy asosi sifatida qonunlarni ham teran nigoh bilan o‘rganib borishlari zarur.

“Axborot soatlari” mashg‘ulotlarida talabalar yangi tahrirda qabul qilingan qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

O‘zMUAxborotxizmati