O'zMU » Yangiliklar » Parvoz xavfsizligini ta’minlovchi yetuk kadrlar tayyorlanadi

Har kuni samoga parvoz qilayotgan samolyotlar xavfsizligini ta’minlash uchun avvalo etuk kadrlar tayyorlash lozim.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Abdurahim Abdushukurov Eropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan Flight safety and airworthiness – a master programme (FSAMP) loyihasining hamkor mamlakatlar bo‘yicha loyiha menejeri Deyvid Kempbel (David Campbell) bilan suhbatida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti, Londonning Kingston universiteti (Buyuk Britaniya), Evropa Ittifoqidan Rimning Sapienza universiteti (Italiya), Valensiya Politexnika universiteti (Ispaniya), Rossiyadan Ulьyanovsk fuqarolik aviatsiyasi oliy aviatsion bilim yurti, Samara davlat aviatsiya universiteti, Moskva davlat energetika instituti, Uzoq sharq federal universitetilar bosh hamkorlar hisoblanadilar.

 

Loyihani amalga oshirish 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning bosh maqsadi – parvoz xavfsizligi va parvozga layoqatliligi (birinchi galda samolyotlarning texnik yaroqliligi, ikkinchisi, uchuvchining ruhiy holati va hokazolar) mavzuilarida magistrlik dasturini ishlab chiqishdan iborat.

Mutaxassislar fikricha, parvoz xavfsizligining uchta jihati mavjud. YA’ni, texnik jihati, inson omili (boshqaruvi) va havoda harakatlanishning meteorologik ta’minoti.

Suhbat davomida loyiha ishtirokchilari, jumladan, O‘zMU professor-o‘qituvchilari ham ana shunday murakkab vazifalarni mahorat bilan bajaradigan etuk kadrlar tayyorlash, bu borada amalga oshiriladigan asosiy ishlar haqida fikr almashildi.

 

Baxtiyor Xolmatjonov,

O‘zMU Fizika fakulteti Astronomiya va

atmosfera fizikasi kafedrasi dotsenti