O'zMU » Yangiliklar » Xalqaro simpozium yuksak saviyada o‘tkaziladi

        SHu yil 10-11 noyabrь kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkaziladigan“Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzuida xalqaro simpoziumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

          Xorijiy davlatlarning etakchi olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning ilg‘or tajribalarini har tomonlama o‘rganish, fundamental va amaliy fizikaning zamonaviy yutuqlari bilan O‘zbekistonlik olimlarni tanishtirish, fizika sohasidagi etakchi mutaxassislar bilan hamkorlikda fanning dolzarb muammolarini muhokama qilish va faoliyat olib borishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2016 yil 28 iyuldagi 591-F sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 1 avgustdagi 315-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur xalqaro simpoziumni yuqori saviyada o‘tkazish uchun tashkiliy masalalarva tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Tashkiliy guruhning navbatdagi yig‘ilishida ana shu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan fikrlashib olindi.

 

O‘zMU Axborot xizmati