O'zMU » Yangiliklar » A X B O R O T X A T I

A X B O R O T    X A T I

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2016 yil 26 oktyabrь kuni  “Mamlakatni  modernizatsiyalash  sharoitida  O‘zbekiston  iqtisodiyotini boshqarishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 

Konferensiyada  qatnashish  uchun  barcha  oliy  o‘quv  yurtlarining  professor   -o‘qituvchilari,  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilari,  mustaqil  izlanuvchilari, magistrantlari,  talabalari,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  yo‘nalishdagi  vazirliklar  hamda tashkilotlarning ilmiy xodimlari taklif etiladilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish nazarda tutilgan:

1-sho‘‘ba. Milliy iqtisodiyotni tartibga solishning nazariy jihatlari.

2-sho‘‘ba. Iqtisodiyotni boshqarishning xorij tajribasi.

3-sho‘‘ba. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni boshqarish xususiyatlari.

4-sho‘‘ba. Mintaqalar iqtisodiyotini boshqarishning o‘ziga xos jihatlari.

5-sho‘‘ba.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  boshqarish  tizimini takomillashtirish yo‘llari.

Konferensiya  materiallari  “Ilmiy  ma’ruza  tezislari”  shaklida  chop  qilinishi rejalashtirilgan.

Tezislarni rasmiylashtirishga doir talablar:

Tezislar matni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida 2016 yilning 15 oktyabrь kuniga qadar  quyidagi  manzilda  qabul  qilinadi:  Toshkent  shahri,  Universitet  ko‘chasi,  4  uy, O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulьteti, 4-qavat, 401-xona.

Mas’ul:  dots.  Xalmirzaev  Ahmadjan  Axunovich.  Tel:  +99871  246-66-61;  (+998-93) 595-79-81.

El.pochta: ahmadjon59@mail.ru, rasulbek.rahmonov@gmail.com 

      Tezis hajmi 3 (to‘liq) betdan oshmasligi hamda imlo xatolarsiz bo‘lishi shart. Tezis  nomi  katta  harflar  bilan  1  intervalda,  2  interval  pastda  esa  kichik harflarda muallifning ismi, sharifi va tashkilotning nomi yoziladi. Tezislar A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda qator oralig‘i 1,5 interval, 14 shriftda chap, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari mos ravishda 20, 20, 20 va 20 mm bo‘lishi lozim. Tezislarning elektron  varianti  disketada  Windows  9598,  Microsoft  Word  RTF  (shaklida)  dasturida (Times new Roman shriftida) yozilgan holda bo‘lishi lozim.CHop  etish  uchun  qabul  qilingan  tezislarning  bir  sahifasi  uchun  8000  so‘m  badal puli belgilangan.

Konferensiya  2016  yil  26  oktyabrь  kuni  soat  10:00da  O‘zMU  Iqtisodiyot fakulьtetining Majlislar zalida boshlanadi. To‘plamga  kiritiladigan  ma’ruza  tezislarining  mazmuni,  ulardagi  statistik ma’lumotlar  va  me’yoriy  xujjatlar  sanasining  to‘g‘riligiga  hamda  tanqidiy  fikr- mulohazalarga mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. YUqorida keltirilgan talablarga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi.

 

Mualliflarning anketa ma’lumotlari

Muallif(lar)ning F.I.SH.  

Ish joyi, ilmiy darajasi  

Maqola yoki tezis nomi  

Maqola tavsiya etiladigan sho‘‘ba  

Muallifning elektron manzili va telefon raqami