O'zMU » Yangiliklar » Oliy ta’lim: zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi o‘zgarishlar

Oliy ta’lim: zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi o‘zgarishlar

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Inom Majidov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori SHuhrat Sirojiddinov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Olimjon Xolmuhamedov, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Orifjon Zaripov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodga bilim berish, yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. 

Anjumanda Birinchi Prezidentimizning 2016 yil 13 maydagi «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni, 2016 yil 2 maydagi «Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2016 yil 11 maydagi «O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘quv binosi shu yil avgust oyida kapital ta’mirdan chiqarildi. Bu erda talabalar o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima  nazariyasi  va amaliyoti yo‘nalishlari bo‘yicha saboq olmoqda.  Universitetda 15 kafedra tashkil qilindi, jami 37 yangi fan, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 yangi fan joriy etildi. Talabalarning mutaxassis sifatida keng qamrovli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 25 tanlov fani kiritildi. 72 fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Universitetda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi o‘z faoliyatini boshladi. 

Toshkent davlat texnika universiteti mamlakatimizning muhandislik-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sohasidagi bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu erda 60 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 78 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakaviy talablar, o‘quv rejalar, dasturlar, takomillashtirilgan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqildi. 

YAngi «Muhandislik tizimlari» fakulteti tarkibiga 8 kafedra kiritildi. Ulardan uchtasi – «Intellektual muhandislik tizimlari», «Mexatronika va robot texnikasi» va «Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari» kafedralari yangi tashkil etildi. «Muhandislik-fizika» fakulteti tarkibida «YArimo‘tkazgichlar va yangi materiallar texnologiyasi», «Elektron uskunalarni ishlab chiqarish texnologiyasi», «Lazer texnologiyasi va optoelektronika», «Tibbiy-biologik tizimlar va jihozlar» kabi yangi kafedralar shakllantirildi. 

O‘zbekiston Milliy universitetini 2016-2020 yillarda rivojlantirish dasturiga muvofiq fizika, biologiya, kimyo, geologiya va geografiya, iqtisodiyot fakultetlarida, fakultetlararo yangi kafedralar, yangi laboratoriyalar tashkil etildi. YAdro fizikasi instituti hamda Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va muhandis kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilib, yuqori salohiyatli kadrlar universitet o‘quv-ilmiy jarayoniga jalb etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2017-2020 yillarda fundamental, 2017-2018 yillarda amaliy bajarilishi mo‘ljallangan, yosh olimlar fundamental va amaliy, innovatsion hamda «Akademik harakatchanlik – 2017» amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari uchun tanloviga universitet xodimlari tomonidan jami 174 loyiha topshirildi. 

Matbuot anjumanida oliy o‘quv dargohlarida bugungi shiddatli zamon talabiga mos, istiqbolli, kelajakka yo‘naltirilgan mutaxassislar tayyorlash tizimiga oid amaliy chora-tadbirlar yuzasidan savollarga javob berildi. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA  

*** 

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Olimjon Xolmuhamedov quyidagi intervyuni berdi:  

– O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan qator vazifalar amalga oshirildi.  

Milliy universitetimiz respublikamizning matematika, tabiiy-ilmiy va gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sohasidagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.  

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Milliy universitetini 2016-2020 yillarda rivojlantirish Dasturi” ishlab chiqildi va 2016 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan ushbu dastur tasdiqlandi. O‘tgan davr mobaynida Dastur ijrosi yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlar amalga oshirildi:  

Fizika fakultetida 4 ta, Biologiya fakultetida 3 ta, Kimyo fakultetida 2 ta, Geologiya va geografiya fakultetida 1 ta, Iqtisodiyot fakultetida 1 ta, fakultetlararo 1 ta, jami 12 ta yangi kafedralar, Fizika fakultetida 6 ta yangi laboratoriya tashkil qilindi; 

YAdro fizikasi instituti hamda Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va muhandis kadrlari attestatsiyadan o‘tkazildi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra ushbu institutlarning yuqori salohiyatli ilmiy va muhandis kadrlari universitet o‘quv va ilmiy jarayoniga jalb qilindi; 

YAdro fizikasi instituti hamda Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktorlik-texnologiya ishlanmalarini zarurligi va saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi jihatidan inventarizatsiyadan o‘tkazildi hamda 30 ta ilmiy loyihalar (grantlar) O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘tkazildi;  

Hozirda Fizika fakultetining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan binolari o‘quv jaryoniga moslashtirib ta’mirlanmoqda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 iyuldagi 591-F sonli farmoyishi bilan 2016 yil 10-11 noyabr kunlari “Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzusidagi xalqaro simpozium o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. 

SHuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetini 2016-2020 yillarda rivojlantirish Dasturida o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy ishlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalarning 1-kursda o‘qitiladigan fanlaridan 101 ta xorijiy o‘quv adabiyotlari asosida o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi, 74 ta fandan xorijiy o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish ishlari olib borilmoqda, 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilarning ingliz tili va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajalarini yanada ko‘tarish bo‘yicha maxsus chet tili kurslarini tashkil etildi, ingliz tilida seminar va anjumanlar tashkil qilish, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dessertatsiyalarini chet tilida yozish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida Dasturning har bir bandi ijrosi yuzasidan 10 ta tarmoq rejalari ishlab chiqildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yili davomida turli sohalarda erishilgan yutuqlarni aks ettirgan annotatsiya ko‘rinishidagi ma’ruza matni, taqdimotlar tayyorlab 254 ta guruh murabbiylariga etkazib berildi, ular “Axborot soatlari” mashg‘ulotlarida foydalanilmoqda.  

Universitet ilmiy salohiyatini oshirish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, magistrlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni maqsadli tayyorlash masalasida ham ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2017-2020 yillarda fundamental, 2017-2018 yillarda amaliy bajarilishi mo‘ljallangan, yosh olimlar fundamental va amaliy, innovatsiya hamda “Akademik harakatchanlik-2017” amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari uchun tanlovga universitet xodimlari tomonidan jami 174 ta loyiha topshirildi.  

O‘zMUda faoliyat ko‘rsatayotgan 65 ta mutaxassislik kafedralari qoshida innovatsion guruhlar tashkil etilgan, 112 ta korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. SamDU, TerDU, GulDU, QDU, AnDU, FarDU, NamDU, QQDU, Matematika instituti, PKFITM, FA tarmoq institutlari bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar bajarilmoqda.  

YUqori texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi bilan “Ta’lim-fan-ishlab chiqarishni integratsiyalashni hamkorlik-da bajarish” ish dasturi ham 2016 yilda tuziladi.  

Janubiy Koreyaning “SHidong Enerkom INK” korporatsiyasi sho‘‘ba korxonasi, Farg‘onaazot OAJ, Maksam-CHirchik AJ, “GAJA Brewery” MCHJ) O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati buyurtmasi asosida umumiy mablag‘ hajmi 1 millirad 770 million so‘m bo‘lgan 12 ta xo‘jalik shartnomaci bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. 2016 yil sentyabr holatida pul tushumi 524 million so‘mni tashkil qildi.  

2016 yilda universitetda bajarilayotgan davlat ilmiy-texnik loyihalarida 136 nafar magistratura va 104 nafar bakalavriat talabalari ijrochi sifatida ishtirok etishi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda O‘zMUning amalda 74 ta xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan shartnomalari, memorandum va protokollari mavjud.  

2016 yil yanvar oyidan 1 oktyabrga qadar 69 nafar professor-o‘qituvchilar hamkorlik o‘rnatish, konferensiyalarda qatnashish, ilmiy stajirovka o‘tash, ma’ruza o‘qish maqsadida xorijiy OTMlarga borishdi. 28 nafar talaba, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ilmiy tadqiqot olib borish, stajirovka o‘tash, xalqaro konferensiyada qatnashish uchun xorijiy OTMlarga yuborildi. 6 nafar xorijiy mutaxassislar O‘zMUda dars berishmoqda, 5 nafar xorijiy talaba universitetda amaliyot o‘tashmoqda, 27 ta xorijiy OTMlar vakillari rasmiy tashrif bilan kelishdi. 

Universitetda bo‘lg‘usi talabalar tayyorlovchi ta’lim muassasalari, ya’ni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlantirib borilmoqda. Bugungi kunda universitet huzurida 3 ta akademik litsey faoliyat yuritmoqda. SHu bilan birgalikda, Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan 30 dan ortiq kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu ta’lim muassasalariga o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlarida har tomonlama ko‘mak berib kelinmoqda.  

     O'‘zMU moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, binolarni ta’mirlash bo‘yicha ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, universitet lokal korporativ tarmog‘ini modernizatsiyalash ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida joylashgan “Oqsoq-ota”, “CHorbog‘” dala amaliyoti bazasi hamda Burchmulla radiofizika poligonining moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Milliy universitet bosh ma’muriy binosini ta’mirlash, universitetning barcha o‘quv binolari, talabalar turar-joylarini joriy ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  

 

O‘zMUAxborot xizmati