O'zMU » Yangiliklar » Fuqaro muhofazasi murabbiylar e’tiborida

13 oktyabrь – Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro kuni

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Murabbiylar kengashi yig‘ilishida “Fuqaro muhofazasini ta’minlash – hayot asosi” mavzuida so‘z yuritildi.

 

– Talabalar hozirdanoq jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, har xil ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, tabiiy ofatlardan odamlarni qay yo‘sinda qutqarish borasida etarli darajada bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim,– dedi Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov.– Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen ofatlardan himoya qilish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda favqulodda holatlar yuz berganda yoshlarni to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.

Yig‘ilishda har bir fakulьtetda o‘tiladigan “Axborot va murabbiylik soatlari”da talabalarga bu mavzuda tegishli ko‘rgazmalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

 

O‘zMU Axborot xizmati