O'zMU » Yangiliklar » “Suhbatdosh”ning sermazmun suhbatlari

Tomoshabin qaysikiteleko‘rsatuvdan yangi ma’no, ma’naviy oziq olsa, uni har kun kutadigan bo‘lib qoladi.

Qaysiki teleko‘rsatuvni kutib yashaydigan muxlislari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning ijodkorlari shunchalik baxtlidir. “O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladigan “Suhbatdosh” ko‘rsatuvi muxlislari tobora ortib bormoqda. Bu ko‘rsatuv haftaning dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari efirga uzatiladi. O‘sha kunlari millionlab muxlislar (vaqtiga qarab) kunduzi 9:10 va kechki payt 17.10 da zangori ekran qarshisida “mixlanib” qolmoqda. Negaki, bu ko‘rsatuvda ishtirok etishayotgan turli soha kishilari eng dolzarb mavzularda so‘z yuritmoqdalar.

Ko‘rsatuv bugungi kunning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan dolzarb bo‘lgan mavzularini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, oliy talim muassasalari rektorlari, fan doktori va professorlar bilan olib boriladigan yuzma-yuz suhbatlar hech kimni bee’tibor qoldirmaydi.

Telemuxlislar ko‘rsatuvning ustuvor vazifalarida biri – mamlakatimizda yoshlarga oid mavzularni alohida qiziqish bilan kuzatadilar. Bu boradagi qonun va qarorlarningbugungi kundagi ijrosi barchani birdek qiziqtiradi, albatta.

 

 

 

 

Suhbatlar davomida yurtimiz mustaqilligi yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, islohotlar, aholining siyosiy va huquqiy madaniyati oshishi, turmush sharoitiyaxshilanishi va eng muhimi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi biz uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi haqida teran mushohada bilan atroflicha so‘z yuritiladi.

Ko‘rsatuv muallifi va boshlovchisi,“O‘zbekiston” telekanali bosh muharriri o‘rinbosari FeruzaMadrahimovaning mavzularni tanlashi va suhbatdoshi bilan muloqoti davomida teran mushohada ila tahlil hamda talqin qilishlari barchaga ma’naviy ruh baxsh etadi.

Ko‘rsatuvni tayyorlash va efirga uzatishda muharrir, ustoz jurnalist Quddus A’zam, rejissor IftixorRahimjonov, montajchi AbdushukurHakimjonov, ovoz rejissyori Ozoda Abdullaeva, ma’mur Barno Mahkamboeva, operatorlar SaidafzalRasulov, MirxalilMirjalolov, HusanAshurboev, G‘ofurSulaymonov, LutfullaAlimov va boshqalarning ham xizmatlari tahsinga loyiq.

Eng muhimi, bu sermazmun suhbatlar millionlab muxlislari qalbiga olam-olam zavq, ma’naviy nur baxsh etmoqda.

 

Erkin Usmonov,

jurnalist