O'zMU » Yangiliklar » Mamlakatni modernizastiyalash sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotini boshqarishning dolzarb muammolari

Anjumanning ochilish marosimida O’zMU Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Olimjon Xolmuhamedov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik paralatasi “Byudjet va iqtisodiyotni isloh qilish” qo’mitasi a’zosi Abdurashid To’xtaboev, Iqtisodiyot fakulteti dekani Abduvahob Umarov, Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri Abdurahim Vahobov va boshqalar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji tobora takomillashib borayotgani

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev shu yil 5 oktyabr kuni imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bu borada g’oyat muhim qadam bo’lganini alohida ta’kidladilar. 

Ilmiy-amaliy konferenstiya ishi “Milliy iqtisodiyotni tartibga solishning nazariy jihatlari”, “Iqtisodiyotni boshqarishning xorij tajribasi”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish xususiyatlari”, “Mintaqalar iqtisodiyotini boshqarishning o’ziga xos jihatlari”, “Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirish yo’llari” kabi 5 sho’’bada davom ettirildi.

Anjumanda tinglangan ma’ruzalar, ilgari surilgan g’oyalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.