O'zMU » Yangiliklar » Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g’oliblari

“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining 2015/2016 o’quv yili bo’yicha respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Tanlov hay’ati qaroriga ko’ra Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Franstuz filologiyasi kafedrasi mudiri Rahima Shirinova, Kimyo fakulteti professori Muxtorjon Muhammadiev, Biologiya fakulteti dostenti Lola Egamberdieva, Ijtimoiy fanlar fakulteti dostentlari Xolida Ruhieva, O’ktam Shamsiev, Nodira Latipova, katta o’qituvchi Elyor Zoitovlar 2015/2016 o’quv yili bo’yicha “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g’oliblari deb topildilar.

O’zMU jamoasi barcha g’oliblarni sidqidildan tabriklab, yosh avlodni munosib kamolga etkazishdek sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.