O'zMU » Yangiliklar » Siyosiy jarayonlarda ziyolilar hamisha faol

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi “Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir” sarlavhali ma’ruzasi yuzasidan o’tkazilgan davra suhbatida tinglovchilar shunday xulosaga keldilar. 

Siyosiy fanlar doktori, professor Ibodulla Ergashev O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro’yxatga olingani, mamlakatimizda saylov yuksak saviyada o’tishida ziyolilar qanchalik muhim o’rin tutishlari haqida atroflicha so’z yuritdi. 

U O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati haqida so’z yuritar ekan, bugungi kunda mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolati ekanligini, bu borada mazkur ma’ruzada ilgari surilgan ilg’or g’oyalar mohiyatini izohlab berdi. 

Tinglovchilar bu borada o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.