O'zMU » Yangiliklar » Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi

Elyor Zoitov 1987 yilda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tavallud topgan. 2012 yilda O’zMU Falsafa fakultetini tamomlagan. Ayni paytda Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sostiologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi. Oilali, bir nafar farzandning otasi. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining Ijtimoiy ta’minot yo’nalishi 2015/2016 o’quv yilidagi “Innovastiya va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi pedagog” nominastiyasi bo’yicha respublika bosqichi g’olibi 

Ba’zi mutaxassislar fikricha, “Talaba bu bilimlar bilan to’ldirilishi lozim bo’lgan idish emas, yondirilishi lozim bo’lgan mash’al”dir. Universitetlarda o’rganganlarimiz – bilim emas, bilim olish yo’li xolos. Shu fikrlarga tayangan holda pedagogik amaliyot bilim berish bilan birga uni mustaqil o’zlashtirish yo’llari va imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, bilim olishga bo’lgan xohish va intilishni shakllantirishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Bu ko’p jihatdan pedagog mahoratiga hamda u qo’llaydigan usul va metodlar samarasiga bog’liq.

Ruhshunoslarning ta’kidiga ko’ra, odamlar o’qigan axborotlarining taxminan 10 foizini, eshitganlarining 20 foizini, ko’rganlarining 30 foizini, ko’rgan va eshitganlarining 50 foizini, o’zlari gapirib berganlarining 70 foizini va o’zlari amalda bajarganlarining 90 foizini xotirada saqlab qolar ekanlar. Shu ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, talabani bir vaqtning o’zida ham o’qitib, ham gapirtirib, hamda amalda bajarishga da’vat etuvchi interfaol usullarni qo’llash, ularni dars va mavzu spestifikasi qarab tanlash juda muhim.

Ijtimoiy ish – aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi professional faoliyat turi bo’lib, jamoaviy va individual muhtojlikni aks ettiruvchi muammolarni hal qilishga sostiologik va psixologik tamoyillarni amaliy tadbiq etishni taqozo etadi, shuningdek, ijtimoiy ish ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy yo’nalish hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarning jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, aholining alohida guruh va qatlamlariga ijtimoiy yordam ko’rsatishning aniq mexanizmisiz, aholi ijtimoiy himoyasining maxsus va jamoaviy tuzilmasisiz demokratik jamiyat faqat virtual holda mavjud bo’lishi lozim.

 Bu masalani hal etish ijtimoiy ish sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, yangi o’quv adabiyotlar bilan ta’minlash, malakali amaliyotchi o’qituvchilarni ta’lim berishga jalb etish, shuningdek, o’quv jarayonlarini interfaol usullarda o’tkazish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Negaki, ijtimoiy ish sohasi faol harakat va mexr-muruvvat sohasi bo’lib, uning ta’limi ham shu taomilga asoslanishi joiz.

Ijtimoiy ish fanlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini o’rganish malakasi shakllantirishga qaratilgan juda ko’plam amaliy mashq va metodlar mavjud. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini o’rganish malakasidan avval to’g’ri, aniq, izchil, mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirish juda muhim. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar bilan ishlash ko’nikmasini bilmagan ijtimoiy ishchi amaliy ishda juda qiynalishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ish sohasining asosi hisoblanadi.  

Ijtimoiy ishning mahorat qirralarini tasnif etishda “Idrok xaritasi” usuli juda qo’l keladi. Talaba bu tasnifot orqali ijtimoiy ish mahorati qirralarini aniq tasavvur qiladi. O’z amaliy faoliyatini shu tasnif orqali tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ijtimoiy ish ta’limida so’nggi yillarda “Sase study” usuli ham keng joriy qilinmoqda. Biroq keyslarni mukammal yaratish, mahorat bilan qo’llash malakasi o’qituvchilarda hali to’liq shakllanganicha yo’q. Bu esa talabalarda ularni o’rganish, tadqiq etish va echimlarini topish uchun etarlicha imkoniyat bermayapti.

Yana bir usul - “Assesment” usuli ijtimoiy ish fanlarni o’qitishda, talabalar bilimini sinovdan o’tkazish va baholashda juda qo’l kelmoqda. Assesment – inglizcha so’z bo’lib, “baho”, “baholash” ma’nosini bildiradi. Mazkur usul tarixi o’tgan asrning 30-40 yillariga borib taqaladi. Ingliz va nemis harbiylari savodli va tadbirkor ofisterlarni, harbiy holatlarni boshqara oladigan, adekvat harakatni amalga oshiradigan malakali harbiylarni tanlab olish uchun shu usulni ishlab chiqadilar. Bugun bu usul ta’lim tizimiga ham joriy etilgan bo’lib, talabalarning bilim darajasi, malaka va ko’nikmasini baholashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy ish ta’limi jarayonida juda ko’plam interfaol usul va ilg’or ta’lim texnologiyalarni qo’llash mumkin. Bular qatoriga rolli-ishchan o’yinlarni ham kiritishimiz maqsadga muvofiq. Rolli o’yin metodining asosiy maqsadi tinglovchilarni faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o’zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratiladi. Bu metod har xil muammolarni hal etishdagi imitastion faoliyatlarni tuzish uchun eng qulay asos hisoblanadi. Ijtimoiy ish uchun intervyu olish, muloqotga kirishish, ijtimoiy ish surishtiruvini olib borish tajribasi shu usul vositasida shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, ta’lim jarayonida rolli-ishchan o’yinlardan foydalanish talabalarni faol pozistiyaga ega bo’lishi, masala mohiyatini anglash va unga tezkor munosabat bildirishni taqozo etadi. Rolli o’yinda ishtirokchilar faoliyati o’yin kompleksidan stimul oladi. Ishtirokchilar o’yin davomida vaziyatni tahlil qilishadi. Buning uchun ularga hech kim yordam bermaydi. O’zlarini boshqarish va uyushtirishlari orqali natijalarga erishadilar. Ishtirokchilar murakkab vaziyatlar bilan bog’liq o’yin maqsadlariga shaxsiy harakatlari orqali erishadilar va xulosalarni o’zlari qabul qiladilar. Rolli o’yinlar talabalarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi. Bu esa ijtimoiy ish faoliyat uchun juda zaruriy fazilatlardan biridir.

 

Pedagogik faoliyat yana bir tamoyilga asoslanishi muhim: “Oddiy o’qituvchi – gapiradi, yaxshi o’qituvchi – ko’rsatadi, juda yaxshi o’qituvchi – motivastiya qiladi”. Dars jarayonida qo’llaniladigan juda ko’p usullar aynan talabani motivastiya qilishga yo’naltirilgan bo’lib, uni darsga qiziqishini orttirish, mavzuni o’zlashtirishda hoxish-irodasini shakllantirish imkoniyatlarini beradi.