O'zMU » Yangiliklar » Xalqaro simpozium doirasida chet ellik olimlar tomonidan mahorat darslari o'tkazilishi boshlandi

      O‘zbekiston Milliy universitetida fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium doirasida butunjahon ilm-fan olamida mashhur olim va tadqiqotchilar tomonidan sohaning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan master-klasslar o’tkazilishi boshlandi.
     Dastlabki mahorat darsi Tokio universiteti, Pekin aeronavtika va astronavtika universiteti professori, nazariy fizika, kosmologiya va yadro fizikasi bo’yicha yetuk mutaxassis Taka Kajino tomonidan o‘tkazildi. Janob Kajino o‘z ma’ruzasi davomida yig’ilganlarga “Yadroviy elektrozaif jarayonlarning moddalar shakllanishiga ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot va kuzatishlari natijalarini bayon qilib berdi.
       Simpoziumning asosiy kunlari avvalidan bu kabi master-klasslar o‘tkazilishi nafaqat O‘zbekiston Milliy universitetidagi, balki yurtimizdagi ilmiy muhit va fan taraqqiyotining yanada yuksalishi yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

Simpoziumning asosiy kunlari avvalidan bu kabi master-klasslar o‘tkazilishi nafaqat O‘zbekiston Milliy universitetidagi, balki yurtimizdagi ilmiy muhit va fan taraqqiyotining yanada yuksalishi yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  ResearchGate Taka Kajino