O'zMU » Yangiliklar » O'zMUda fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalariga bag'ishlangan xalqaro simpozium bo'lib o'tadi

     Joriy yilning 10–11 noyabr kunlari Toshkentda «Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzusida xalqaro simpozium bo'lib o'tadi. Bu haqda «Kun»ga Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti matbuot xizmati ma`lum qildi.

 

      Anjuman Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Simpozium davomida nazariy va eksperimental fizika, astrofizika muammolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari, fizika fani yangiliklari muhokama qilinadi.

Universitetda simpoziumga tayyorgarlik ko'rish uchun tuzilgan tashkiliy qo'mita faol ravishda ish olib bordi. Universitet professor-o'qituvchilari hamda talabalar rektorat bilan hamkorlikda qisqa muddatda keng qamrovli ishlarni amalga oshirishgan.

Kun.uz