O'zMU » Yangiliklar » Konstitustiya – buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati

Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati 

 

1992 yilning 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi qabul qilingan kun.

 Shu munosabat bilan har yil Bosh qomusimiz qabul qilingan kun oldidan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish o’ziga xos an’anaga aylangan. Bugun Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Konstitustiya – buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” mavzuida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O’zMU talabalari, yosh tadqiqotchilar, professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. 

O’zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi dostenti Sherzod Zulfiqorov, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi etakchi mutaxassisi Bekzod Orziev va boshqalar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan va yillar mobaynida takomillashtirilgan Bosh qomusimizning jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o’rnini alohida ta’kidladilar. 

Darhaqiqat, Konstitustiyamiz o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra xalqimiz tafakkurining mahsuli bo’lib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan qomusnomadir. Uning barcha moddalari dunyoda umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boshqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni bilan sug’orilgan. Mazkur Asosiy qonunimiz tinch va osuda, farovon hayotimiz kafolati hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining barcha me’zonlari asosiy qonunimizda o’z aksini topgan. Undagi normalar asosida rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari davlat va jamiyat hayotida muhim rol o’ynamoqda. 

 

Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki, ular tomonidan inson huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarish, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlariga ham bevosita Konstitustiya va u asosida qabul qilingan qonunlar huquqiy asos bo’lmoqda.

Tadbir so’nggida O’zbeknavo estrada birlashmasi xonandasi Shuhrat Daryoning badiiy chiqishlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.