O'zMU » Yangiliklar » GIS: kecha, bugun va ertaga

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geografiya fakultetida 2016 yil 16 noyabr kuni Xalqaro GIS kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan “GIS: kecha, bugun va ertaga mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

Anjumanda Respublikamiz OTMlari professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalari hamda soha mutaxassislari GIS sohalarida amalga oshirayotgan izlanishlari  ifoda etilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari mumkin.  Tadbirda ma’ruza bilan qatnashganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi. Anjuman soat 14:00 da boshlanadi.

 

Manzil: Toshkent-174, O’zMU, Namunaviy dekanat majmuasi Majlislar zali

Tel: 8(371)-246-35-57;+99893-378-75-96.