O'zMU » Yangiliklar » 243-saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Bosh binosida joylashgan 243-saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada o’tkazishni ta’minlash yuzasidan seminar o’tkazildi.

Uchastka saylov komissiyasi raisi Davlatboy Jumaboev shu kunga qadar bu erda amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar etarli darajada muhayyo etilayotgani hamda galdagi vazifalar haqida so’z yuritdi

243-saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tegishli tartibda reja ishlab chiqilib, komissiya a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlangan. Komissiyasi a’zolari reja asosida o’z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. 

Aytish joizki, mazkur saylov uchastkasi davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari, zarur adabiyot va qo’llanmalar, ovoz berish kabina va qutilari, tibbiyot xonalari zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Saylovchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning plakatlari, nomzodlar dasturi, yo’riqnoma, nizom va qonunlar jamlanmasi bilan tanishishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. 

Olmazor tumanidagi Mirzo G’olib, Farobiy ko’chalari, “Yoshlik” Talabalar shaharchasi hududidagi ayrim aholi turar joylarida istiqomat qiluvchi saylovchilar ushbu saylov uchastkasida o’z konstitustiyaviy huquq va burchidan emin-erkin foydalanadilar.