O'zMU » Yangiliklar » "Kitob savdosi" yarmarkasi

2016 yil 14-16 noyabr kunlari universitet Axborot-resurs markazi bilan birgalikda "Kitob olami" ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi tomonidan "Kitob savdosi" yarmarkasi tashkil qilinib, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, ilmiy xodimlari va talabalari uchun darsliklar, ilmiy nashrlar, ensiklopediyalar namoyish qilindi. Ko‘rgazma universitet kitobxonlariga manzur bo‘ldi.