O'zMU » Yangiliklar » Prezident saylovi ko’tarinki ruhda boshlandi

2016 yil 4 dekabr erta tongda hamyurtlarimiz o’zgacha kayfiyatda uyg’ongani haqida shoirona lutf qilishga hojat yo’q. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitda o’tkazilmoqda,– deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Davlatboy Jumaboev.– 243-saylov uchastkasida Olmazor tumanidagi Mirzo G’olib, Forobiy ko’chalari, “Yoshlik” Talabalar shaharchasi hududida istiqomat qiluvchi saylovchilar ushbu saylov uchastkasida o’z konstitustiyaviy huquq va burchidan emin-erkin foydalanadilar. Bu erda saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar etarli darajada muhayyo etilayotgan.