O'zMU » Yangiliklar » ,,Kitobxon talaba’’ ko’rik tanlovi

,,Kitobxon  talaba’’ ko’rik tanlovi

Joriy yilning 10 mart kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universtitetida  talabalarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ’ib qilish maqsadida  unverstitetning axborot resurs markazida soat 10:00 da ,,Kitobxon talaba’’  ko’rik tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.  Tadbirni universitet rektori  Avazjon Marahimov ochib berdi. Tanlov beshta yo’nalish bo’yicha o’tkazildi.

1. Kitob tafakkur xazinasi

2. Eng faol badiiy asar targ’ibotchisi;

3. Asarlardan video lavhalar;

4.Ijodkor talaba;

5. Asarlardan yaralgan navolar.

Tanlovda hay’at a’zolari sifatida taniqli jurnalistlar, yozuvchi va san’atkorlar ishtirok etdilar.  Tanlovning har bir yo’nalishida talabalar o’z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, jurnalistika fakulteti talabalari bu borada faollik ko’rsatdilar. Bulardan Ramazonov Azizbek , O’sarov Sirojiddin ,Burgutboyev Isfandiyorlar  o’zlari tayyorlab  kelgan , esse ,videolavha hamda kitob targ’ibotiga bag’ishlangan taqdimotlari orqali barcha tomoshabinlar va kitobsevar talabalar e’tirofiga sazovor bo’ldilar.


Tarix fakultetidan  ,,Ijodkor talaba’’ yo’nalishi bo’yicha tanlovda qatnashgan Ro’zmetov Suhrobning shoirimiz Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan  sahna asari talqinida she’rning  tomoshabinlarga yetkazib berilishi tanlovning qiziqarli va ta’sirchanligini oshirib berdi. Tanlovda hakamlar tomonidan har bir ishtirokchining chiqishi shu joyning o’zida baholab borildi va tanlov yakunida barcha baholar umumlashtirilib g’olib bo’lgan talabalarga estalik sovg’asi sifatida diplomlar, 1,2,3 – o’rin sohiblariga kitoblar jamlanmasi, fleshka , modem va uyali aloqa vositasi , planshetlar taqdim etildi. G’oliblarni unvertitetning ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori  Davlatboy Jumaboyev taqdirladi. ,,Ijodkor talaba’’ yo’nalishi bo’yicha tarix fakulteti talabasi Ro’zmetov Suxrob , ,,Asarlardan yaralgan navolar’’ yo’nalishida jurnalistika fakulteti  talabasi Sharipov Mirzufar, ,,Asarlardan videolavhalar’’ yo’nalishi bo’yicha jurnalistika fakulteti talabasi O’sarov Sirojiddin , ,,Kitob tafakkur xazinasi ‘’ esselar tanlovida jurnalistika fakultetidan Burgutboyev Isfandiyor, ,,Eng faol badiiy asar targ’ibotchisi’’ yo’nalishida tarix fakulteti talabasi Shirinboyev Xayrullalar  birinchi o’rinni qo’lga kiritishdilar.

 

 

Sitora Aliqulova