O'zMU » Yangiliklar » Hashar elimizga yarashar

Hashar elimizga yarashar 

 

Erta tongdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti uzra ohangrabo kuy-qo‘shiqlar taralib, go‘yo barchani hasharga chorlay boshladi.

 

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, serg‘ayrat talaba-yoshlari eng shimarib ishga kirishdilar.

Qizlar deraza-eshiklarni artib-tozalab, tevarak-atrofni supirib sarishta qilsalar, azamat yigitlar etilib qolgan erlarni chopib, erta-indin ko‘chatlar o‘tqazishga hozirlay boshladilar.

Universitet bosh maydonidan Tarix fakulteti binosigacha cho‘zilgan yo‘lak bo‘ylab asfalt yotqizish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi.


Eng muhimi, hashar g‘oyat ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.

–Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning joriy yil 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida universitetimiz jamoasi faol ishtirok etmoqda,– deydi O‘zMU prorektori Davlatboy Jumaboev.– O‘quv binolari, talabalar turar-joylari, sport inshootlari tevarak-atroflari, yo‘laklar, xiyobonlar obodonlashtirildi, yuzlab daraxtlarga ishlov berildi. Bu xayrli ishlar ertaga ham davom etadi.


Hasharda universitetning barcha fakultetlari murabbiylari, xodimlari va talabalari faollik ko‘rsatmoqda.

 

 

Ulug‘bek Usmonov,

 

O‘zMU gazetasi muxbiri