O'zMU » Yangiliklar » Umumxalq hayriya hashari

Umumxalq hashari ustozu-shogirdni yanada birlashtirdi.
Universitetimizning chaqqon qizlari ham yigitlardan qolishmadi. Goh belkurak olib er ag’darissha, goh hazonlarni yig’ib atrofni obod qiladi.
 Shu kuni bizning bo’lajak jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlar orqali HasharUzMU heshtigini o’tkazdishdi. Ham mehnat, ham ijod ularga bir olam zavq ulashgani ko’rinib turibdi.
Voy, chaqqonlar-ey! Suratga tushishga ham vaqt topishibdiya?!
Hashardan so’ng esa universitetimiz atrofi mana bunday go’zal va maftunkor qiyofa kasb etdi.

 Umumxalq hayriya hashari yakunlari va bu tadbirda yurtdoshlarimizning qay darajada faol bo’lgani bilish istagida biz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga “Siz hasharga o’zingizning qanday hissangizni qo’shdingiz” degan savol bilan murojaat qildik. Yurtdoshlarimiz javoblarining ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
         Mavludaxon QORAShEROVA, Andijon viloyati:
-Hashar kuni mahallamizning chiroyiga chiroy qo’shildi. Atrofni tartibga soldik. Manzarali daraxlar ekildi. Gul ko’chatlari guzarlarimizning husniga husn qo’shdi. Shuningdek, ikki kun mobaynida mahallamizning nuroniy onaxonlari bilan hasharga oid udumlarni o’tkazdik. Pishiriqlar tayyorlab, bir-birimizga ulashdik.
         Bobur KARIMOV, “Farg’ona” telekanali muxbiri:
-Hashar biz ijodkorlar uchun ham ilhom parisi bo’ldi. Mana shunday musaffo osmon, tinch diyor va albatta go’zal tabiatni ko’rib har qanday inson ham to’lqinlanishi tabiiy. Zero, hashar ham  ijodiy jamoamizga ana shu baxtni his etish imkonini yaratib berdi.
         Marg’uba AHADOVA, Samarqand viloyati:
-Umumxalq hayriya hashari biz samarqandlik yoshlarni ham chetlab o’tmadi. Yurtimiz obodligiga o’z hissasini qo’shish ilinjidagi har bir yosh ko’chayu-guzarlar obodligi uchun ter to’kishdi. Viloyatimiz bo’ylab mingdan ortiq ko’chatlar, manzarali darahtlar ekildi. Bunda ea biz yoshlar ham munosib ishtirok etdik.
         Mahliyo MIRSOATOVA, O’zMU Jurnalistika fakulteti dekani:
 -Ikki kun mobaynida bizning fakultet jamoasi ham hasharda, ham uni muntazam OAV orqali yoritib borishda faol ishtirok etdi. Talabalarning bu borada faolligi va ustozlarning hamjihatligi meni yana bir karra quvontirdi. Mehnatlarimiz samarasi o’laroq “Yoshlik” talabalar shaharchasi atrofidagi “Kelajak ovozi” markazi atrofi o’zgacha tusga kirdi. Zero, hashar – elga yarashar, deganlari shu aslida.
11,12,13 rasm

Xulosa qilib aytganda, ushbu hayirli tadbir butun mamlakatimiz aholisini bir ezgu maqsad – yurt obodligi yo’lida yana bir karra birlashtira oldi.
Isfandiyor BURGUTBOEV tayyorladi