O'zMU » Yangiliklar » Franstiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va Franstiyaning qator oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

Franstiyaning O’zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonimning O’zMUga tashrifi ana shu aloqalarni yanada mustahamlash yo’lida muhim qadam bo’ldi.

 

O’zMU rektori Avazjon Marahimov tashkil topganining 100 yilligini nishonlash arafasida turgan Milliy universitetimizning ilmiy salohiyati, fakultetlar faoliyati, ta’lim yo’nalishlari haqida so’z yuritgan bo’lsa, Vilmor xonim Franstiya ta’lim tizimining bugungi holati haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

 

Suhbat davomida O’zMU bilan Franstiya oliy ta’lim muassasalari bilan tabiiy va gumanitar fanlar yo’nalishlarida almashinuv dasturlarini amalga oishirish, ilmiy hamkorliklarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikrlashib olindi.