O'zMU » Yangiliklar » Frankofoniya — do`stlik va hamkorlik elchisi

         Joriy yilning 15-16 mart kunlari, universitetimizning fizika fakultetida Frankofoniya kuni o‘tkazildi. Tadbir xorijiy filologiya fakulteti «Fransuz filologiyasi» kafedrasi boshchiligida tashkillashtirildi. Birinchi kun “Frankofoniyaga bag‘ishlangan viktorina”, Fransiya elchixonasi Parij Fransuz instituti ko‘magi bilan 20-26 yoshdagi talabalar uchun «Labcitoyen» tanlovi va «Lions club de France» halqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda ikkinchi bor «Fransiyaga bir oylik» tanlovlarining birinchi qismi o‘tkazildi. Tanlovlarda 90 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatga olindi.

         Baframning ikkichi qismi 16 mart kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy universitetning fizika fakultetida davom etdi. Unda Bolgariya, Misr, Fransiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari hamda Toshkent fransuz alyansi fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar va fransuz tili ixlosmandlariga o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etishadi.

 

         Ma’lumot uchun: Frankofoniya — dunyoning frankofon davlatlari hamkorligining xalqaro tashkilotidir. Bugungi kunda, ushbu tashkilot 84 ta davlat va hukumatni birlashtiradi: ulardan 58 tasi tashkilot a’zosi, 26 tasi kuzatuvchi hisoblanadi. Hozirda dunyoning 5 qit’asida 274 million aholi fransuz tilida muloqot qiladi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning asosiy kriteriysi - o‘sha davlatda fransuz tilining o‘rganilish yoki o‘rganmasligi emas, balki Fransiya bilan asrlar davomidagi madaniy aloqalarning mazmunidadir. Quvonarlisi, bunday madaniy, ijtimoiy va halkaro aloqalar O‘zbekiston Milliy universiteti bilan ham o‘rnatilgan.