O'zMU » Yangiliklar » Milliy Universitetimizda Navro‘z tantanalari

Milliy Universitetimizda Navro‘z tantanalari

O‘zbekiston Milliy universitetida an’anaga ko‘ra har yili Navro‘z bayramini katta shodiyona sifatida nishonlanadi. Yildan yilga yanada ko‘rkamlashayotgan Navro‘z sayli bu yil ham universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarini bir davraga jamladi. Bayramona kayfiyat 17 mart kuni sumalak saylidan boshlandi va doshqozon atrofiga yig‘ilgan Universitet ahli kelgusi yilga eng ezgu tilaklarni, yurt obodligi va farzandlarimiz kamolini tiladi.

18 mart kuni erta tongdan Universitetning barcha fakultetlari a’zolari Navro‘z, bahor, ona yurt, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni targ‘ib etuvchi chiqishlarni birma-bir namoyish eta boshladi. Odatga ko‘ra xar bir fakultet jamoasi tanlov asosida belgilangan viloyatning urf odatlari va o‘ziga xosligini aks ettirishi kerak edi. Masalan, matematika fakulteti Qashqadaryo viloyatini, tarix fakulteti Surxandaryo viloyatini, biologiya fakulteti Farg‘ona viloyatini, jurnalistika fakulteti Qoraqolpog‘iston Respublikasi an’analari, milliy hunarmandlik namunalarini, libos va udumlarini namoyish etmoqdalar.

 


 

 

 

 

 

 

 

 

Xar bir ko‘rgazmali chiqishlarni Universitet rahbariyati hamda xa’yat a’zolari oqilona baxolab bormqoda. Bayramona kayfiyatga xalq o‘yinlari, milliy laparlar, o‘lan va termalar, duetlar hamda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlar yanada zavq bag‘ishlamoqda. Talabalar bahor yumushlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahorat va iste’dodini namoyish etmoqda.

 

 

 

 

Bayram shodiyonasi kechga qadar davom etadi. Tavsilotlarni bizni jamoatchi mobil muxbirlarimiz tezkor yoritib bormoqda.