O'zMU » Yangiliklar » Sumalak sayllari etadi davom…

Sumalak sayllari etadi davom…

Diltortar taronalar, go’zal raqslar va bayrmona tilaklar. “Yoshlik” talabalar shaharchasida bo’lib o’tgan bahoriy sumalak sayillarida bu jihatlar yana bir karra bo’y ko’rsatdi. Shu kuni ushbu taomning nafis ifori va talabalarning shshodon ovozlari sehrlab qo’ydi, desak yanglishmaymiz.

         Talabalar doshqozonda qaynayotgan sumalak atrofida shirin tilaklar, ezgu amallar ijobatini so’rab niyat qildilar. Dasturxonlarga tortilgan palovxonto’ra, fayzli kechaga hamohang chiqishlar ham dillarga ko’klam nafasini olib kirdi.

         -Bizning 4-sonli TTJ da ham bayram ko’tarinki ruhda o’tdi,- deydi Xusan Nusratov. – Yotoqxona miqyosida o’tkazilgan “Ozoda xonalar” tanlovida men istiqomad qiladigan xona birinchilikni qo’lga kiritdi. Bu esa bayramga qo’shaloq sovg’a bo’ldi.


         Bu kabi kechalar, navro’z sayillari mamlakatimiz bo’ylab davom etmoqda. Quyidagi fotosuratlar bayram haqida batafsil hikoya qiladi.

Navro'z tadbirlari to'liq foto suratlar galleriyasi....

 

Isfandiyor HUSANZODA tayyorladi