O'zMU » Yangiliklar » Har kunimiz navro’z bo’lsin…

Har kunimiz navro’z bo’lsin…

         O’zbekiston Milliy universitetida bo’lib o’tgan Navro’z bayrami yakuniga yetgan bo’lsa ham, uning dillarni quvnatgan shodiyonalari hamon yuraklarni hayajonga solmoqda. Ishtirokchilarning bayram taassurotlari va ezgu fikrlarni siz bilan o’rtoqlashishni lozim topdik.

Nafisa Majidova, o’qituvchi:

-Har yilgi an’anaga muvofiq bu yil ham universitetimizda ushbu bayram ko’tarinki ruhda o’tdi. Bayramda bizning Geologiya-geografiya fakulteti ham faol ishtirok etdi. Tala va ustozlarning yuzidagi quvonchni ko’rib bevosita to’lqinlanib ketasan kishi. Shunday kunlarga yetganimizning o’zi kata baxt. Barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlayman.

Mazuna Abdurasulova, xorijiy filologiya fakulteti talabasi:

-Joriy yilda bizning jamoa Toshkent shahri madaniyatini namoyish qilmoqda. Shu bilan bir qatorda palov tayyorlash baxslari, sport musobaqalari hamda devoriy gazetalarda ham faollik ko’rsatyapmiz. Asosiysi g’oliblik yoki birinchilik emas – mana shunday bayram kechasida ishtirok etib, bahoriy nafosatni tuyishdir.

Kumush Abdusalomova, jurnalistika fakulteti talabasi:

-Bugun biz bevosita tadbirni ijtimoiy tarmoqlarda yoritib bordik. Eng qiziq ba navro’z kayfiyatini ulashuvchi stendlar e’tibor markazimizda bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda universitet uchun ajratilgan bayram maydonidan turib miliy qadriyatlarimizni butun dunyoga namoyish qildik. Bu ishlarimiz esa hamon davom etmoqda.

         Fikrlar, hayajonli va samimiy tilaklar talaygina. Ularning barchasini sizning e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Navro'z tadbirlari to'liq foto suratlar galleriyasi....

Isfandiyor HUSANZODA yozib oldi