O'zMU » Yangiliklar » Issiq sumalak isi ufurgan gòsha

Issiq sumalak isi ufurgan gòsha

 

Bahor - gozal fasl, unda butun tabiat òz chiroyini  kòz-kòz aylab mahorat-la bezanadi. Toģlar, boģlar, dalalar bir birining ortidan quvayotgan, shodon qaldirģochlar ovozi-la xushnud bòladi. Har bir gòsha, har bir qadam bahor tarovatiga mast bòladi. Ishonmaysizmi? Unaqada bizning Universitetimiz bunga yaqqol misol bòla oladi. Navro`z arafasida kayvoni òquv dargohimiz beliga belboģ boģlab mehmonlarga mezbonlik qildi…

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan saylda iste’dodli talabalar tomonidan Navro‘z tarixiga oid sahna ko‘rinishlari, har bir viloyat milliy urf-odatlariga oid chiqishlar hamda bahoriy taomlar va gullar, devoriy gazetalar tanlovlari bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi. Dasturxonlarga tortilgan sumalak, halim, ko‘k somsa kabi bahor taomlari barchani xushnud etadi. Bayram tadbirida universitet talabalar turar-joylarida istiqomat qiladigan yigit-qizlar milliy urf-odat va an’analarga, betakror qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari aks ettirilgan sahna asarlarini namoyish etishdi. Sayilning eng unutilmas jihati nimada, bilasizmi!? Bu talabalar istiqomat qiladigan, qòlida kitob bilan shoshadigan maskandan, ya'ni Talabalar shaharchasidan taralayotgan betakror bòy bòldi. Issiq sumalak hidi shundarajada yoqimli ediki, boshqa yumush bilan shaharcha yonidan òtib ketayotgan hammani òz baģriga chorladi, mehmon qildi.

Salqin saharlarda, bodom gulida

Binafsha labida, yelarda bahor

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

 

Talabalarning Navro‘zga atalgan she’rlari ona tilimiz bilan bir qatorda ingliz, rus, fransuz, nemis, ispan va boshqa xorijiy tillarda ham jaranglashi – millatlararo totuvlik, bag‘rikenglikni tarannum etish demakdir. Bunday ash’orlar o‘zaro mehr rishtalarini yanada mustahkamlab, insonlarni bir-biriga jigar-ko‘z qilib qo‘ysa ajabmas.

Bayram oldidan fakultetlar o‘rtasida «Yurtimizda Navro‘z!» va «Doimo e’zozdasiz muqaddas ayollar» mavzuiga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, “Mohir oshpazlar”, “Bahoriy gullar”, “Sumalak sayli” ko‘rik tanlovlari o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun maydonlarda tashkil etilgan shaxmat-shashka musobaqalari, armreysling, stol tennisi, arqon tortish, voleybol, milliy kurash kabi musobaqalar barchaga olam-olam zavq-u shavq baxsh etmoqda.

Xullas, davramizda ishtirok etgan har bir inson qalbida bahor kurtaklari novdaladi desak sira yanglishmaymiz. Navro’z bayrami yakuniga yetgan bo’lsa ham, uning dillarni quvnatgan shodiyonalari hamon yuraklarni hayajonga to’latmoqda. 

Navro'z bayrami tadbirlari to'liq foto suratlar galleriyasi....