O'zMU » Yangiliklar » Kitobxonlik madaniyati – ma’naviy yuksalish yo’li

O’zMU prorektori Davlatboy Jumaboev, respublika ma’naviyat-targ’ibot markazi bo’lim mudiri Ziyoda G’afforova, Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishining ijrosini ta’minlash, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.


 O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamquli Karimov talaba-yoshlarning ma’naviy yuksalish yo’lida kitobning o’rni haqida so’z yuritar ekan, so’nggi yillarda yozgan she’rlaridan ham o’qib berdi.

Aytish joizki, O’zMUda yaqinda o’tkazilgan «Kitobxon talaba» ko’rik-tanlovida 50 nafardan ziyod talaba «Kitob – tafakkur xazinasi», «Eng faol badiiy asarlar targ’ibotchisi», «Asarlardan videolavhalar», «Ijodkor talaba», «Asarlardan yaralgan navolar» yo’nalishlari bo’yicha o’zaro bahslashdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi hamkorligida tashkil etilgan bu tanlovda shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda talabalar bu mavzuda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

Ulug’bek Usmonov,

O’zMU gazetasi muxbiri