O'zMU » Yangiliklar » Namunaviy darslar samarasi

Ma’lumki, bugungi kunda respublikamiz hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar haqida talaba-yoshlarga muntazam axborot berib borish tizimini rivojlantirish, ularning siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirish, yurtimiz tinchligiga raxna solayotgan turli buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish joizki, biz boshimizdan kechirayotgan XXI asr, shiddat bilan o’zgarib borayotgan globallashuv jarayonlari, intellektual salohiyat, Internet va axborot-kommunikastiya texnologiyalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, jahon bozoridagi raqobat ko’lami va keskinligi tobora shafqatsiz tus olayotgani har bir davlat va xalq oldiga g’oyat muhim va o’tkir talablarni qo’ymoqda. Ana shu muhim talablar bilan hamohang bo’lib yashamasak, butun borlig’imizni shu yo’lda safarbar etmasak biz umumbashariy taraqqiyotdan chetda qolib ketishimiz hech gap emas. 

– Namunaviy darsda ta’kidlanganidek, globallashuv jarayonlarida axborot olish va tarqatish, uning yoshlar ongiga ta’siri masalalariga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim,– deydi Jamoatchilik bilan aloqalar nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dostenti Ramziddin Abdusattorov.– Shunday ekan, fakultetimizning har bir guruhida o’tilayotgan “Murabbiylik soati” va “Axborot soati” darslarini yanada takomillashtirib borishimiz, turli voqeliklarga nisbatan talabalarning munosabatlari, fikr-mulohazalarini ham izchil o’rganib borishimiz zarur. Bu borada OAVda yoritilayotgan xabar va maqolalar asosida O’zMU Axborot xizmati tomonidan tayyorlanadigan “Axborot soati” materiallari muhim manba hisoblanadi. Undan barcha murabbiylarimiz samarali foydalanmoqda.

 

Dilshod Xoliqov,

O’zMU gazetasi muxbiri